Fransiyadagi tashviqotlar bo‘yicha sobiq maxsus muxbir Janna Agalakova davlat mukofotlaridan voz kechdi va ularni pochta orqali Kremlga qaytarib yubordi. Bu haqida u o‘zining Facebook sahifasida yozib qoldirdi.
“Janob prezident, sizning rahbariyatingiz mamlakatni tubsizlikka yetaklamoqda. Sizni mukofotlaringiz qabul qilishga arzimaydi,” — deb yozadi Agalakova Kremlga yo‘llangan maktubida.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakatda qisman safarbarlik e‘lon qilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)