Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk 21-sentabr kuni kechqurun rossiyalik harbiylarni taslim bo‘lishga chaqirdi, deya xabar beradi Meduza.
“Shu orqali siz o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun eng qimmatli narsa — hayotingizni saqlab qolasiz. Bu begona yurtda o‘lib ketgandan yaxshiroq”, — deydi u.
Vereshchuk vaqt o‘tishi bilan taslim bo‘lgan rossiyaliklar ukrainalik harbiy asirlarga almashtirilishi mumkinligini aytdi, biroq ular qaytishdan bosh tortish huquqiga ega ekanini ham ta’kidladi.
“Agar siz Rossiyaga qaytishni istamasangiz, Jeneva konvensiyalari va Ukraina qonunlariga ko‘ra, hech kim sizning xohishingizga qarshi Rossiyaga qaytarmaydi”, — deydi Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari.
Mavzuga doir:
Izoh (0)