Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollis Rossiyada safarbarlikning e’lon qilinishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi, deb yozadi Meduza.
Uoillis fikricha, Rossiyada safarbarlik e’lon qilinishi Kreml tomonidan Ukrainaga bostirib kirish muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olgani sifatida baholanishi kerak.
Putin va uning mudofaa vaziri o‘n minglab o‘z fuqarolarini o‘limga jo‘natishdi. Ular yaxshi qurollanmagan, boshqaruv ham juda yomon.Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniya Ukrainani urushda eng faol qo‘llab-quvvatlagan davlatlardan biri hisoblanadi. Britaniya hukumati Ukrainaga qurol-yarog‘, moliyaviy va harbiy yordam bergan, shuningdek, Ukrainaga bostirib kirishi sababli Rossiyaga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini qabul qilgan.Hech qanday tahdid yoki propaganda Ukraina bu urushda g‘alaba qozonayotganini, xalqaro hamjamiyat birlashganini, Rossiya esa dunyodan uzilib borayotganini yashira olmaydi.
Izoh (0)