• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijondagi janjalda 36 yoshli erkak vafot etdi. Marhumning yaqinlari uni do‘kon sotuvchisi urib o‘ldirganini aytmoqda

    Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida 2022-yilning 1-sentabr kuni kech 19:00 larda yuz bergan janjal oqibatida Abror Jo‘rayev ismli 36 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan. Uning vafotida amakivachchalar o‘rtasidagi tortishuvga qo‘shilgan do‘kon sotuvchisining qo‘li borligi aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga marhumning yaqinlari ma’lum qildi.

    Abror Jo‘rayev.

    Abror Jo‘rayev.
    Foto: Marhumning shaxsiy arxividan

    Marhum yaqinlarining aytishicha, janjal voqeasi hududdagi kuzatuv kamerasiga tushgan. Biroq tergovchi bu videoyozuvlarni ularga bermayapti.

    Voqea ishtirokchisi Dilshodbek Nizomovning aytishicha, janjalga Abrorning amakivachchasi Shuhrat bilan yuz bergan tortishuv sabab bo‘lgan.

    Do‘konga kirib, tabor pivo so‘radik. Do‘konchi unaqa pivo yo‘q, boshqasi bor dedi. Keyin olmaymiz deb chiqib ketayotganimizda Abror borini olaveraylik dedi. Qo‘ying, kerakmas deb chiqib ketayotganimizda Abrorning amakasini o‘g‘li Shuhrat kelib qoldi. U bilan ko‘rishib, uch metrcha nariroqqa yurdim. Orqamdan Abror chiqdi. Yonimga kelayotganida amakivachchasiga qarab “Shuhrat aka pochcham kelibdi, yuring mehmon qilaman”, dedi. Shuhrat unga javoban “Sen-a? Mehmon qilolasanmi sen?”, dedi. “Ha, aka men mehmon qilaman”, degandi “Sen mehmon qilolmaysan”, dedi. Shunda Abror “aka, siz meni noto‘g‘ri tushunyapsiz. Qachon mehmon qilolmay qolganman?”, deganda “Meni mehmon qilish sengamas”, dedi.

    Shundan keyin ikkalasi bir-biriga qarab yurdi. Men Abrorni qaytardim, u qaytdi. Biroq amakisining o‘g‘li bitta gapni qaytaraverdi. Shundan keyin ikkalasi urushib ketdi. O‘rtalariga tushib “Qo‘ying, Abror”, deb ajratayotganimda do‘konchi chiqdi. Unga Abrorni olib ketishni so‘radim. O‘zim esa Shuhratga qarab, “Qo‘ysangizchi, axir aka-ukaning bolalari bo‘lsangiz. Bir-biringlar bilan shunaqa janjal qilsangizlar yaxshimi? Ko‘rgan ko‘zga yaxshimas-ku? Unda ko‘ra, tinch ketinglar”, dedim. Ketishmadi. Aksincha, turgan joyida gaplarini qaytaraverdi. Abror esa unga javoban “Men har qanaqasiga mehmon qila olaman. Qachon mehmon qilolmaganman”, deyaverdi. Shuhrat esa so‘kindi. Shundan keyin tortishuv avj oldi. Do‘konchi esa “bu yerda so‘kinmanglar”, deb Shuhratni ushlab qoldi. Ikkalasini ajratishga harakat qildim. Ammo ajratayotgan vaqtimda do‘konchi meni mushtlab urdi. Kutilmagan zarbadan dovdirab, ko‘z oldim qorong‘ilashib ketdi. Ko‘zimni ochganimda do‘konchini ushlab qolishga intildim. Lekin u qo‘limdan siltab chiqdi-da, engashib qolganimdan foydalanib burun, og‘iz aralash futbolka bilan meni dimlab, bo‘g‘ib ko‘kragimga tizza qo‘ydi. Bir amallab, jon holatda o‘zimni himoya qildim-da, o‘ng tarafimga qaraganimda Abror yerda yotgan ekan. Yugurib oldiga borib, turgizishga harakat qildim. Lekin turmadi. Kimdir tili tanglayiga yopishib qolgandir, qo‘lingizni tiqib ko‘ring degandi. Og‘ziga qo‘limni tiqib, tilini pasga bosdim. Keyin atrofdagilardan suv so‘rasam hech kim yordam bermadi. Shunda do‘konga yugurib kirib suv olib chiqdim-da, yuziga sochdim. Kimdir qoshiq solish kerak deb qoshiq olib keldi uni ham soldik. Yuragini massaj qilish kerak deyishgandi, massaj ham qilindi. Yeganlari og‘zidan chiqib ketdi. Keyin shifokorlar kelib, qochinglar deyishdi, chekkaga o‘tdik. Olib ketishdi. Orqasidan borganimizda shifokorlar o‘lganini aytishdi. Men shokka tushib qoldim. Uch kun deganda zo‘rg‘a o‘zimga keldim. Bo‘lgan voqea shu”, — deydi marhumning pochchasi Dilshodbek Nizomov.

    Dilshodbek Nizomov.

    Dilshodbek Nizomov.
    Foto: Telegram

    Dilshodbek Nizomovning qo‘shimcha qilishicha,  voqea guvohlari unga do‘konchi hech qanday sababsiz ikkisini ajratayotgan vaqtida birinchi unga keyin esa Abrorga musht tushirganini aytgan.

    Kamera yozuvlarini ko‘rganlar “Sen Shuhratni to‘sib qolgansan. Do‘konchi Abrorni bitta urganda yerga yiqilib, oyog‘ini qimirlatib o‘lgan”, deyishyapti”, — deydi Dilshodbek Nizomov.
    Marhumning yana bir pochchasi Shuhrat Yusupovning aytishicha, Abrorning oila a’zolari tergovchidan sud ekspertiza xulosasini so‘ragan, ammo ololmagan.
    Tergovchidan sud ekspertizasi xulosasini berishini so‘raganimizda bermadi. Hech bo‘lmasa nusxasini beringlar desak, “Hattoki nusxasini ham ko‘rish umuman mumkin emas. Faqat oilasi ko‘radi”, degan javob berishdi. Achinarlisi, oilasiga ham ko‘rsatishmadi. Shundan so‘ng ekspertiza qilingan joyga borib nusxasini olib keldik. Keyin to‘polon qilib bo‘lsa-da tergovga yana kirdik. Shunda olingan xulosa nusxasini tergovchiga ko‘rsatganimda qog‘ozdagini o‘qib qarab-qarab qo‘ydi. Do‘konga qo‘yilgan kamera tasvirlarini bir nusxasini so‘radik, mumkinmas deyilyapti. So‘rab surishtirganimizda bizning, ya’ni oila a’zolarining uni olishga haqimiz bor ekan. Lekin tergovchilar bizga “Agar sizlarga buni beradigan bo‘lsak, eski yaralarni yangilab qo‘yamiz-da”, deyishyapti. Biz nima bo‘lsa bo‘lar, deb berishini talab qilyapmiz. Afsuski, hech narsani berishmayapti. Chunki, opalari va akalari bilan birga tergovchi ishtirokida tasvirlarni ko‘rib chiqdik. Shunda ham prokuratura xodimlari o‘rtaga tushganidan keyin bitta telefon orqali ko‘rsatishdi. Ungacha rosa yalintirishdi. Biz bir narsani tushunmayapmiz nimaga hujjatlarni bizga bermayapti, nega xulosalarni yashirishyapti? Marhumning ayoli prezidentga murojaat qilaman deyishgach, xulosani beramiz deyishgan. Shuni kutyapmiz”, — deydi Shuhrat Yusupov.
    Shuhrat Yusupovning ta’kidlashicha, shifokorlar marhumning vafotiga kasallik sabab bo‘lgan degan fikrni bildirgan. Biroq unda hech qanday kasallik alomatlari bo‘lmagan.

    Shuhrat Yusupov.

    Shuhrat Yusupov.
    Foto: Telegram
    Tutqanog‘i tutib qolgan deyishyapti. Lekin shu kungacha unda bunday holatlar kuzatilmagan, hech qanday shifoxonada ro‘yxatda ham turmas edi. Tasvirlarni ko‘rganimizda umuman boshqacha holat. Abror kaltak yegandan so‘ng orqa miya bilan yerga tushyapti. Shuning natijasida vafot etganligi ko‘rinib turibdi. Nimaga endi aynan bunday xulosaga kelishmoqda buni tushunmayapmiz. Haqiqatni yashirishga urinishmoqda”, — deydi Shuhrat Yusupov.
    Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan yoki ochilmagani noma’lum. “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga na viloyat prokuraturasi va na Bosh prokuratura javob berdi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    21.09.2022, 17:04   Izoh (0)   44280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tadbirkorlar maktabi”: biznesni boshlash va boshqarishda dastlabki saboqni oling

    21.09.2022, 16:38

    Shavkat Mirziyoyev maishiy kimyo vositalari bozorida xalqaro brendlarni olib kelish vazifasini qo‘ydi

    21.09.2022, 16:31

    ​Andijondagi gaz zapravkada Damas gaz balloni portladi

    21.09.2022, 16:27

    Qashqadaryoda fuqaro bilan urushgan hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

    21.09.2022, 16:22

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    21.09.2022, 16:20

    Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

    21.09.2022, 15:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.