Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 29,55 so‘mga ko‘tarilib, 10 980,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 53,88 so‘mga pastlab, 10 904,25 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,08 so‘mga tushib, 181,11 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kun ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 10 950,46 so‘mni tashkil qilgandi.
Izoh (0)