Qirg‘iziston bosh prokuraturasi mamlakat energetika vaziri Do‘squl Bekmurzayevga nisbatan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda idora matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
“Qirg‘iziston bosh prokuraturasi energetika vaziri Do‘squl Bekmurzayevga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilish faktlari bo‘yicha ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atdi”, — deyiladi nazorat organi xabarida.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2021—2022-yillarda energetika vaziri o‘z mansabini suiiste’mol qilib, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xodimlarni O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Rossiyaga xizmat safarlariga jo‘natgan, buning oqibatida davlat moddiy zarar ko‘rgan.
Bundan tashqari, Bekmurzayev “Tepliye Klyuchi” sog‘lomlashtirish majmuasi obyektlarini ta’mirlash vaqtida 15 million somdan (180 ming dollar) ortiq zarar yetkazgan.
Izoh (0)