• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Italiyalik harbiy asirlar bo‘lgan kemaning cho‘ktirilishi, Mussolinini ozod etish bo‘yicha “Eman” operatsiyasi va umrbod qamoqqa mahkum etilgan Filippin sobiq prezidenti. Kun xronologiyasida 12-sentabr

    12-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan bortida harbiy asirlar bo‘lgan Britaniya kemasining cho‘ktirib yuborilishi, Gitler topshirig‘iga ko‘ra Mussolinini ozod etish bo‘yicha o‘tkazilgan “Eman” operatsiyasi va umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan Filippin sobiq prezidentiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Harbiy asirlari bilan cho‘ktirib yuborilgan Britaniyaning “Lakoniya” layneri

    Bundan 80 yil oldin 12-sentabr kuni 1,8 mingga yaqin italiyalik harbiy asirlarni olib ketayotgan Britaniyaning “Lakoniya” kemasi U-156 nemis suvosti kemasi tomonidan berilgan zarba oqibatida cho‘ktirib yuborilgandi. Bundan xabar topgan submarina komandiri Verner Xartenshtayn omon qolgan italiyaliklarga va boshqa yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatib, bu haqda qo‘mondonlikka xabar bergan. Jabrlangan harbiy asirlarni qutqargan kema “Qizil Xoch” bayrog‘i ostida harakatlanayotgan bo‘lsa-da, Amerika Harbiy-havo kuchlari tomonidan hujumga uchragan.

    Foto: Topwar
    1942-yilning 15-avgustida Loryan port shahrida patrul uchun chiqqan U-156 kemasi 12-sentabr kuni Suvayshdan Buyuk Britaniya tomon suzib borayotgan “Lakoniya” harbiy kemasini payqab qolgan. Uning bortida 2 789 kishi bo‘lgan: 136 nafar ekipaj a’zosi, 80 ga yaqin oddiy fuqarolar, 268 nafar britaniyalik harbiy xizmatchilar, 1,8 mingdan ortiq italiyalik harbiy asirlar va 160 nafar polyak mahbuslari.

    Shu kuni soat 11:37 da submarina kuzatuvchisi tutun ko‘rayotgani to‘g‘risida ma’lumot bergan. Kapitan yuqoriga ko‘tarilgan. Kema tezligini oshirib, hodisa joyi tomon otlangan. Soat 15:00 da kema sinfi aniqlangan hujum bo‘yicha qaror qabul qilingan. 20 soniya farq bilan 1 va 3-sonli torpedo apparatlaridan o‘t ochilgan. 22:07 da birinchi torpedo kemaga borib teggan, ikkinchisi esa bir necha soniyadan keyin nishonni ishg‘ol etgan. Soat 22:22 da kema bortidan suvosti kemasi tomonidan hujumga uchragani to‘g‘risidagi ochiq matnli radiosignal yuborilgan. Soat 23:25 da kema cho‘kib ketgan.

    “Lakoniya” ahvolining achinarli darajada ekanini ko‘rgan submarina kapitani ularga yordam ko‘rsatishga qaror qilgan va maxsus operatsiyani o‘tkazish bilan bir qatorda, shtabdan ruxsat so‘ragan. O‘z kuchlari bilan uddalay olmasligini bilgan kapitan 13-sentabr kuni soat 06:00 da 25 metrli to‘lqin orqali yordam so‘rab radiogramma yuborgan.

    Suvosti kemalari yordamga shoshgan: Germaniyaning U-506 va U-507 hamda Italiyaning “Kappellini” kemalari. Shu bilan birga, chaqiriqqa Fransiya hukumati ham javob qaytarib, voqea joyiga “Annamit” qo‘riqlov kemasi va “Gluar” kreyserini yuborgan.

    Foto: Topwar

    U-156 suvosti kemasi 14-sentabr kuni bortiga 400 dan ortiq odamni ortgan. Shundan keyin ularning yarmi yana qayiqlarga ko‘chirilgan. Bu vaqtda okeanda 22 ta qutqaruv qayig‘i harakatlanar va unga 1,5 mingga yaqin odam chiqarilgan edi. Suvda birorta ham jabrlanuvchi qolmagan.

    U-156 yordamga yetib kelgan U-506 va U-507 ni kutib turgan hamda uning bortiga “Lakoniya”dan qutqarilganlarning bir qismi chiqarilgan. U-156 bortida 55 nafar italyan, 55 nafar ingliz, jumladan, 5 nafar ayol qolgan. 16-sentabr kuni soat 11:25 da submarina ustidan AQSH Harbiy-havo kuchlarining belgilari tushirilgan samolyot uchib o‘tgan. Bu “B-24 Libereytor” bombardimonchisi edi. U paydo bo‘lgan zahoti kema “Qizil Xoch”ning katta bayrog‘ini ko‘targan.

    Suvosti kemasi signal projektori yordamida bog‘lanishga uringan, ammo javob ololmagan. Yarim soatdan keyin samolyot yana U-156 ga yaqinlashgan. Bu ham o‘sha “Libereytor” edi, biroq nemislar bundan bexabar bo‘lgan.

    Foto: Topwar

    Bu vaqtga kelib “Libereytor” uchuvchisi leytenant Jeyms Xarden AQSH armiya Harbiy-havo kuchlari eskadriliyasi komandiri Robert Richardson III dan aniq buyruq oladi: “Barchasi cho‘ktirib yuborilsin!”. Xarden bir nechta aylanishlarni amalga oshirib, U-156 ga besh yoki oltita bomba tashlaydi. Bitta bomba qutqaruv qayiqlari orasida portlab, ulardan birini ag‘darib yuboradi. Keyingi ikkita bomba U-156 ning markaziy bo‘lmasi ustida portlagan. Shu sababli Xarden dushman suvosti kemasini cho‘ktirib yubordim, deya ishonch hosil qilgan.

    Aslida U-156 ga shikast yetgandi, xolos. Kemaga suv kira boshlagan, akkumulyator batareyasida yuzaga kelgan nosozliklar zaharli xlor ajratishni boshlagan, shunday ekan Xartenshtayn ofat signalini berib, barchani qayiqlarga ko‘chirishni buyurgan. Suvosti kemasi pastga sho‘ng‘ib, imkon qadar ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan. Kema kapitani Xartenshtayn sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha shtabga xabar yuborgan.

    U-507 ham hujumga uchragan. Ittifoqchilarga yordamdan xabar topgan Germaniya suvosti kemalari kuchlari qo‘mondoni 17-sentabr kuni “Triton Nol” nomi bilan mashhur buyruqni bergan.

    “Triton Nol” yoki “Lakoniya buyrug‘i” — Germaniya Harbiy-dengiz floti Suvosti kemalari kuchlari qo‘mondoni Karl Denits tomonidan barcha suvosti kemalari kapitanlariga berilgan buyruq. U bilan cho‘kib ketgan suvosti kemalarining ekipaji va yo‘lovchilariga yordam ko‘rsatish taqiqlangan. Ittifoqchilarning “Lakoniya” ekipajidan kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 1,8 mingdan ortiq italyanlarning faqat 450 nafari omon qolgan.

    Mussolinini ozod etish operatsiyasi

    “Eman” operatsiyasi — hokimiyatdan ag‘darilgan diktator Benito Mussolinini ozod etish uchun 1943-yilning 12-sentabrida boshlangan operatsiyaning maxfiy nomi. Italiyalik diktatorni ozod etishga Otto Skorseni boshchiligidagi parashyutchilar batalyoni bel bog‘lagan.

    Ikkinchi jahon urushida Italiya qo‘shinlari Stalingrad va Shimoliy Afrikada muvaffaqiyatsizlikka uchragach, shuningdek, Angliya—Amerika aviatsiyalari tomonidan Rim, Milan, Turin kabi shaharlar bombardimon qilinganidan so‘ng, Italiya harbiylari va aristokratlar doiralari yashirin ravishda mamlakatni urushdan olib chiqish bo‘yicha AQSH hamda Buyuk Britaniya bilan muzokaralar imkoniyatini qidira boshlagan.

    Foto: Getty Images

    Ammo fitnachilar buning uchun Duche Mussolini boshchiligidagi hukmron Milliy fashistlar partiyasidan hokimiyatni tortib olishi kerak edi. 1941-yildan buyon Italiya hududiga Kesselring boshchiligidagi nemis qo‘shinlari joylashtirilgani vaziyatni yanada murakkablashtirardi.

    Ittifoqchi davlatlarning qo‘shinlari 1943-yilning 24-iyulida Italiyaga kelib joylashishi bilan Mussolini Ikkinchi jahon urushidagi barcha xatoliklar uchun aybdor deb topilgan. Ertasi kuni qirol Viktor Emmanuil III ning shaxsiy buyrug‘i bilan, marshal Badalyo, graf Grandi va general Ambrozio ishtirokida Mussolini qirol oldidan chiqqan zahoti hibsga olingan.

    Gitler Rimdagi voqealardan 26-iyul kechqurun xabar topgan va Mussoliniga hech qanday shikast yetkazilmagan holda uni topish va ozod etish vazifasini qo‘ygan. General-leytenant Kurt Shtudent va uning qo‘shinlari bilan Skorseni “SS” maxsus kuchlari qo‘mondoni sifatida dushman chizig‘i orqasida qo‘poruvchilik va razvedka operatsiyalarini o‘tkazish uchun Lyuftvaffe ofitseri niqobi ostida 30-iyul kuni Italiyaga keladi. U butun mamlakat bo‘ylab Mussolinini qidirishga kirishadi. Diktator dastlab Rim karabinerlarining kazarmalarida saqlangan, keyin esa Ponsa oroliga ko‘chirilgan, u yerdan Sadrinidagi La Maddalenaga joylashtirilgan.

    Nemislarning 1,5 oylik qidiruvlaridan so‘ng, Italiya agenturasi orqali sobiq diktator tog‘li hududda joylashgan Kampo Imperatore mehmonxonasida karabinerlar qo‘riqlovi ostida saqlanayotgani aniqlangan. Ammo u yerga faqat yaxshi qo‘riqlanadigan osma kanat yo‘li orqali borish mumkin edi: bundan tashqari, mehmonxonaning o‘zini 100-200 nafar qurollangan karabiner qo‘riqlab turgan. Skorseni va uning jamoasi Kampo Imperatorega havo orqali borishni tanlashga majbur bo‘ladi, biroq landshaft samolyotning qo‘nishiga ham imkon bermasdi.

    Mussolinini ozod etish guruhi tarkibiga 16 kishi kirgan, yana 90 nafar harbiyni general Shtudent jo‘natgan. Nemislar bilan birga, Mussolinini qo‘riqlayotgan karabinerlarga qurollarni topshirib, taslim bo‘lish buyrug‘ini berish uchun italiyalik general Soleti ham uchishi kerak edi. Yana bir nemislar batalyoni esa kanat yo‘lidagi stansiyani egallashi kerak bo‘lgan.

    1943-yilning 12-sentabr kuni “Eman” operatsiyasi boshlanadi. Soat 14:00 da general Shtudent operatsiyani o‘tkazishni topshirgan mayor Xarald Mors boshchiligidagi Parashyutchilar o‘quv batalyoni kanal yo‘lidagi stansiyani egallaydi.

    Bundan oldin esa ushbu bo‘linma tomonidan stansiyani bog‘lab turuvchi barcha telefon liniyalari qirqib tashlanadi. Qo‘riqchilar minimal darajada qarshilik ko‘rsatadi (Italiya tomonidan ikki kishi o‘ldiriladi).

    Bir vaqtning o‘zida soat 14:05 da tog‘ yonbag‘ri ichiga 72 nafar desantchi bo‘lgan o‘nta DFS 230 palneri kelib qo‘nadi. Mazkur kuchlarning barchasi mehmonxonaga hujum uyushtiradi. General Soleti Mussolinining qo‘riqchilariga o‘tishni taqiqlashi kerak edi, ammo ular qarshiliksiz taslim bo‘ladi.

    Mehmonxonadan aerodromga ketayotgan Mussolini va Skorseni

    Mehmonxonadan aerodromga ketayotgan Mussolini va Skorseni
    Foto: Germaniya federal arxivi

    Soat 14:45 da operatsiya rahbari mayor Xarald Mors kanat yo‘li orqali mehmonxonaga keladi, hech qanday shikast yetmagan “duche” u bilan Fi 145 fizeleyerida uchib ketishi lozim edi. Skorseni o‘zi ham shu samolyotda uchishi kerakligini aytganida operatsiya xavf ostida qoladi — tog‘li yo‘lda ikki kishiga mo‘ljallangan fizelerning ortiqcha yuk bilan uchishi qiyin edi. General Shtudentning shaxsiy uchuvchisi kapitan Gerlax qiyinchilik bilan ikkala yo‘lovchini Rim aeroportidan 30 kilometr uzoqlikdagi Pratika di Mare aerodromiga yetkazib boradi. U yerdan Mussolini zudlik bilan Heinkel He 111 samolyotida Venaga uchib ketadi va ertasi kuni Myunxenga yetkaziladi. 14-sentabr kuni soat 14:30 da u Gitlerning Rastenburgdagi shtab-kvartirasida fyurer bilan uchrashadi.

    Gitler Shimoliy Italiyaning harbiy muhim sanoat tumanlarini yo‘qotmaslik uchun 1943-yilning 23-sentabrida tashkil etilgan Italiya sotsial respublikasiga ozod etilgan Mussolinini rahbar etib tayinlaydi. Skorseni “SS” shturmbannfyurer lavozimiga qadar ko‘tariladi.

    Filippin sobiq prezidentining hibsga olinishi

    Filippin sobiq prezidenti Jozef Estrada umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. Sud uni 80 million dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirishda aybdor deb topgan. O‘z xalqi orasida mashhur bo‘lgan siyosatchi va sobiq kinoaktyor hozirga qadar uy qamog‘ida saqlanmoqda.

    Filippin Korrupsiyaga qarshi kurashish sudi 2007-yilning 12-sentabr kuni mamlakat sobiq prezidenti Jozef Estrada ishi bo‘yicha hukm chiqargandi. U 4 milliard pyeso (80 million dollar)ni o‘zlashtirish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda aybdor deb topilgan.

    Foto: Hmong

    2001-yilda prezident hokimiyatdan ayrilgach, u Manila yaqinidagi villalarning birida uy qamog‘ida saqlangan. Oradan olti yil o‘tib, sud u yerni musodara qilgani bois uyni tark etishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, Filippin sobiq prezidenti 15,5 million dollaridan ham ayrilgan.

    Filippin sobiq prezidentiga nisbatan sud 2000-yilning martida boshlangan. Estrada tamaki solig‘idan qochish orqali daromad olish va noqonuniy qimor sanoatidan pora olishda ayblangan. U o‘lim jazosiga hukm etilishi kerak edi, ammo mamlakatning o‘sha vaqtdagi prezidenti Gloriya Arroyo iyun oyida unga nisbatan belgilangan jazoni bekor qilish bo‘yicha qarorni imzolagan.

    Ananas rasmi tushirilgan milliy mayka va kremli shim kiyib olgan Estrada hukmni jimgina tinglab, bir necha bor boshini qimirlatib qo‘ygan, xolos. Hukmni e’lon qilish jarayoni 15 daqiqa vaqt olgan. Sud uning yolg‘on guvohlik berishda aybsizligini tan olgani Estrada uchun kichik tasalli bo‘lgan. Estrada yig‘layotgan rafiqasi Luiza va qizi Jekini quchoqlab, odamlarga to‘lib ketgan zaldan chiqqan.

    Foto: Hmong
    Sobiq prezident atrofini o‘rab olgan muxbirlarga “Bu yerda qonun ustuvor bo‘ladi, deb o‘ylagandim, biroq bu sud majlisi sahnasi bo‘lib chiqdi”, degan.
    Estradaning aytishicha, advokatlar va do‘stlari sud qarshisida chiqish qilmaslikni maslahat bergan, ammo sobiq prezident boshqacha yo‘l tutishga qaror qilgan. “Bu — men filippinliklarga aybsiz ekanligimni aytishim mumkin bo‘lgan yagona joy”, — degandi Estrada. Sobiq prezidentning advokatiga ko‘ra, u o‘zining aybdor deb topilishiga tayyor bo‘lgan. “Bu hukmron sinf bo‘lgan g‘oliblarning adolati”, — degan advokat.
    Hukm e’lon qilingan vaqtda sud binosi atrofiga Estradaning 300 ga yaqin tarafdorlari to‘plangan. Politsiya ularni suddan 500 metr uzoqlikda tutib turgan. Binoga kirish yo‘li o‘t o‘chiruvchilar va politsiya mashinalar yordamida berkitilgan, ko‘chalarni harbiylar nazoratga olgan. Xavfsizlik choralarining bu qadar kuchaytirilishi Estradaning xalq, xususan, kambag‘al qatlam orasida hamon mashhurligi sabab bo‘lgan. Biroq uning tarafdorlari kutilganidan kam bo‘lib chiqqan.

    Hukm e’lon qilinishidan oldin Estradaning tarafdorlari sobiq prezident o‘zining aybsiz ekanini yana bir bor ta’kidlagan videoyozuvni tarqatgan. “Hamyurtlarim meni oqlagani uchun sudning har qanday hukmiga tayyorman”, — deyiladi murojaatda. O‘z navbatida prezident matbuot kotibi Arroyo Ignasiya Bunye Associated Press agentligiga “Bizning boshqarish kerak bo‘lgan mamlakatimiz, mustahkamlash lozim bo‘lgan iqtisodiyotimiz va qurishimiz kerak bo‘lgan tinchligimiz bor. Tariximizdan o‘rin oluvchi bu mudhish voqea maqsadimizdan og‘ishtirmaydi degan umiddamiz”, deya ta’kidlagan.

    Sobiq kinoaktyor Estrada 1998-yilgi prezident saylovlarida eng ko‘p ovoz to‘plab, mamlakat rahbariga aylangan, ammo oradan uch yil o‘tgach, ommaviy noroziliklar vaqtida hokimiyatdan ag‘darilgan edi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: “Dunyoni o‘zgartirib yuborgan kun”. 11-sentabr voqealari daqiqama-daqiqa

    12.09.2022, 09:30   Izoh (0)   48012
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gretsiya bosh vaziri “juda qattiq” qishga tayyorlanishga chaqirdi

    12.09.2022, 08:20

    Foto: Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari aholi punktlariga yaqinlashmoqda

    11.09.2022, 19:25

    Ramzan Qodirov Xarkovdagi shaharlar ustidan nazoratni qayta tiklashga va’da berdi

    11.09.2022, 15:24

    Yangi Zelandiyada qayiq kit bilan to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

    11.09.2022, 14:59

    Ukraina harbiylari ozod qilingan hududlarda bayroq ko‘tarmoqda. Nikolayevda kema cho‘kib ketdi. Urushning 199-kunidan fotoreportaj

    11.09.2022, 14:18

    Zaporojye AES ishlashdan to‘liq to‘xtatildi

    11.09.2022, 13:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.