• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Dunyoda 18-o‘rin: O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq vaziyat qanday?

    O‘zbekiston iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligi bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu sohaning YIMdagi ulushi yuqoriligi bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida 18-o‘rinni egallaydi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Top yigirmatalikda 17 ta mamlakat Afrika qit’asidan, Osiyo qit’asidan esa Afg‘oniston va O‘zbekiston mazkur ro‘yxatdan joy olgan.

    Biroq bu mamlakatlardan faqat uchtasigina (Nigeriya, Tanzaniya va O‘zbekiston) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining alohida turlarini yetishtirish bo‘yicha jahonning yetakchilari qatoridan joy olgan.

    Xususan, Nigeriya keshyu yong‘og‘i, okra, yeryong‘oq va shirin kartoshka, Tanzaniya kunjut va shirin kartoshka yetishtirish bo‘yicha jahonning yetakchi uch mamlakatidan biri sanaladi.

     

    Dunyo reytingida O‘zbekiston o‘rik yetishtirishda Turkiyadan, ipak bo‘yicha Xitoy, Hindistondan, Vyetnam va Tailanddan, sabzi va sholg‘om yetishtirishda Xitoydan keyingi o‘rinlarda turadi.

    Qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotida tutgan yuqori ahamiyati hisobga olinsa, bu sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, korxonalarni modernizatsiya qilish, pirovardida, ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

    Samaradorlik iqtisodiy va texnik turlarga bo‘linib, texnik samaradorlik mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum turdagi omillar to‘plamidan foydalanish samaradorligini ifodalaydi.

    Agar firma ishchi kuchi, kapital va texnologiya kabi omillarning minimal miqdoridan maksimal mahsulot ishlab chiqaradigan bo‘lsa, u texnik jihatdan samarali faoliyat yuritgan deb hisoblanadi.

    Iqtisodiy samaradorlik asosan ishlab chiqarish omillari narxlariga bog‘liq bo‘lib, texnik jihatdan samarali bo‘lgan ba’zi narsalar iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lmasligi mumkin.

    Umuman olganda, samaradorlik daromadning xarajatga nisbati orqali aniqlanib, uni xarajatni minimallashtirish yoki daromadni maksimallashtirish orqali oshirish mumkin.

    Foto: PMTI

    Foto: PMTI

    O‘zbekiston hududlari orasida aholi jon boshiga qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi bo‘yicha Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlari yetakchilik qiladi.

     

    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan omillar samaradorligi mamlakat hududlariga ko‘ra farq qilib, hajm va jon boshiga olingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori o‘rinda turuvchi hududlarning ba’zilarida samaradorlik ko‘rsatkichlari kichik qiymatlarni tashkil etadi.

    Tadqiqotda 2017—2019-yillarda O‘zbekiston hududlarida qishloq xojaligi tarmog‘ining samaradorligi baholandi. Xususan, hududlarda yirik shoxli qoramol va donli ekinlar yetishtirish samaradorligini tahlil qilishda donli ekinlar ekiladigan yer maydoni, hududlardagi qishloq xo‘jalik texnikalari, qishloq xo‘jaligida band aholi va sarflangan organik o‘g‘it hajmi ta’sir qiluvchi omillar sifatida tanlab olindi.

    Chiziqli dasturlash masalasining natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, tahlil davrida umumlashtirilgan mahsulotning minimal qiymati (0,333) 2017-yilda Navoiy viloyatida, omillar yalpi unumdorliginiki (0,336) 2017-yilda Sirdaryo viloyatida kuzatilgan.

    Umumlashtirilgan ishlab chiqarish omillarining minimali (0,458) 2018-yilda Navoiy viloyatida, omillar yalpi unumdorligining maksimal miqdori (0,768) 2018-yilda Andijon viloyatida qayd etilgan.

    Foto: PMTI

    Foto: PMTI

    Jumladan, omillarning maksimal yalpi unumdorligi 2017-yilda Jizzax, 2018-yilda Andijon va 2019-yilda Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan.

    Omillar yalpi unumdorligi bo‘yicha 2017-yilda Jizzax, Andijon va Buxoro viloyatlari, 2018-yilda Andijon, Navoiy va Buxoro viloyatlari, 2019-yilda Qashqadaryo, Buxoro va Andijon viloytlari yetakchi hududlar bo‘lgan.

    Reyting ko‘rsatkichlari tahlili iqtisodiy samaradorlik yuqori bo‘lgan hududlarda doim ham omillar unumdorligi yoki texnik samaradorlik yuqori bo‘lavermasligini yana bir bor ko‘rsatdi.

    Masalan, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida iqtisodiy va texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rtasida aloqadorlik kuzatilgan bo‘lsa, qolgan hududlarda reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha tafovutlar mavjud.

    Omillar yalpi unumdorligi kichik qiymatlarni tashkil etgan ba’zi hududlarda texnik samaradorlik yuqori bo‘lgan. Bu esa mazkur hududlarda ishlab chiqarish omillaridan yetarli darajada oqilona foydalanilmayotganini bildiradi.

    12.09.2022, 22:32   Izoh (0)   24223
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniya stagflyatsiya xavfi ostida — Bloomberg

    12.09.2022, 21:58

    O‘zbekiston birjasida shakar va un narxi pasaydi

    12.09.2022, 21:03

    Germaniya Rossiyaga milliardlab yevro to‘lashda davom etmoqda — Reuters

    12.09.2022, 20:59

    Toshkentda qolgan barcha viloyatlar yig‘indisidan ko‘proq: O‘zbekistonda chet el kompaniyalari bilan vaziyat qanday?

    12.09.2022, 20:21

    Daniyada inflyatsiya 1983-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

    12.09.2022, 16:48

    Toshkent rossiyaliklar uchun tranzit markaziga aylanishi kutilmoqda

    12.09.2022, 14:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.