• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Samarqand sammiti SHHTning uchinchi o‘n yillik qadam qo‘yishini boshlab berishi bilan ham ahamiyatlidir” — ekspert

    Samarqand 15—16-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi. Sammitda mamlakat rahbarlari so‘nggi uch yilda birinchi marta yuzma-yuz yig‘iladi. Bu pandemiya davrida to‘planib qolgan ikki tomonlama, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilish uchun fursat va samarali imkoniyat bo‘ladi. Jahon siyosati va iqtisodiyotidagi jiddiy siljishlar sharoitida Samarqand sammitining ahamiyati yanada oshadi. Aytilishicha, unda tashkilot rivojlanishining kelajakdagi yo‘nalishlarini belgilaydigan asosiy qarorlar va bitimlar tuzilishi kerak.

    Abror Yusupov

    Abror Yusupov
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Abror Yusupov mazkur sammit va umuman SHHT faoliyatida O‘zbekistonning ishtiroki xususida “Daryo”ga o‘z mulohazalarini bildirdi.

    Birinchidan, SHHT sammitining aynan Samarqandda o‘tkazilishi chuqur ramziy ma’noga ega. Ma’lumki, Samarqand o‘rta asrlardayoq ilm-fan, ta’lim, san’at va madaniyat o‘chog‘i, savdo-iqtisodiy aloqalarning muhim kesishgan nuqtasi bo‘lgan. Yana bir diqqatga sazovor jihat, Samarqandda o‘sha davrda o‘rta asrlarga xos bo‘lmagan noyob arxitektura namunalari bunyod etilgan. Shu bilan birga, ushbu shahar ko‘plab tarixiy jarayonlar, yirik ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga guvoh bo‘lgan. Shu ma’noda aytish mumkinki, Samarqandning boy tarixiy merosi bugun SHHT sammiti fonida yangi to‘lqinga ega bo‘lmoqda va u SHHTning asosiy qadriyatlari, tamoyillari to‘la mos keladi. Ya’ni, o‘zaro manfaat, teng huquqlilik, tashkilotga a’zo-davlatlar madaniyatlarining turlichaligi va unga nisbatan hurmatning mavjudligi.

    2001-yilda YUNESKO tomonidan Samarqandning butunjahon meros obyekti va madaniyat chorrahasi deya e’lon qilinishi ham mazkur shaharga bo‘lgan yuqori e’tirofdir.

    Bundan tashqari, AQSHning yirik ommabop Internet nashrlaridan biri bo‘lgan The Huffington Post nashri Samarqandni sayohat uchun borish kerak bo‘lgan dunyoning 50 ta shaharlari qatoriga kiritgan.

    Ikkinchidan, Samarqand sammiti SHHTning uchinchi o‘n yillik qadam qo‘yishini boshlab berishi bilan ham ahamiyatlidir. Ma’lumki, O‘zbekiston ushbu yirik tashkilotning asoschilaridan, muassislaridan biri hisoblanadi. O‘tgan tarixan qisqa vaqt mobaynida SHHT global dunyoda o‘zining profilini ochishga muvaffaq bo‘ldi. Tashkilot xalqaro munosabatlar tizimida, jahon hamjamiyatida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘ldi.

    Tashkilot tashkil qilingan 2001-yilda kun tartibidagi asosiy masalalardan biri xavfsizlik masalasi edi. Bugungi kunga kelib, tashkilot faoliyatida qamrab olinmagan biron-bir vazifani topish qiyin. Bu siyosat, iqtisodiyot, tibbiyot, transport, savdo, madaniyat, fan-ta’lim, madaniy-gumanitar aloqalar va hokazo. Bu ham bo‘lsa tashkilot ko‘lami va miqyosi kundan-kunga ortib borayotganidan dalolat. Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, SHHTga a’zo-davlatlar hududi 34 million kilometr kvadrat. Yevrosiyo hududining 60 foizini tashkil qiladi. A’zo-davlatlar aholisi dunyo aholisining deyarli yarmini – 3,4 milliard nafar kishini tashkil qiladi. Umumiy YAMM hajmi esa jahon iqtisodiyotining qariyb to‘rtdan birini – 22 foizni tashkil qiladi.

    Eng muhimi, O‘zbekiston qandaydir periferiyadagi davlat sifatida emas, balki bu jarayonlarning faol ishtirokchisi, tashabbuskori sifatida gavdalanmoqda. Bunda shubhasiz, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘rni beqiyos. Shu o‘rinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashkilotning 2020-yildagi sammitidagi nutqida bildirgan muhim fikrni, ta’bir joiz bo‘lsa, “chaqiruv”ni keltirib o‘tish lozim. Ya’ni, “agar har birimiz kuchli bo‘lsakkina SHHT ham kuchli bo‘ladi”.

    SHHTning amaldagi Bosh kotibi Chjan Min fikricha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu fikri O‘zbekistonning tashkilotdagi faoliyati va konstruktiv pozitsiyasini to‘la ochib beradi.

    Uchinchidan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tomonidan tashkilot doirasida 50 ga yaqin muhim takliflar, tashabbuslar ilgari surildi. Shu o‘rinda men muhim bir jihatga e’tibor qaratish lozim deb hisoblayman. O‘zbekistonda SHHTga raislik qilgan o‘tgan bir yil davomida katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Ya’ni, faqatgina Sammitni o‘tkazishga tayyorgarlik bilan cheklanib qolinmadi. Bir yil davomida turli soha va yo‘nalishlarda ko‘plab uchrashuvlar tashkil qilindi. Bu festivallar, san’at va madaniyat vakillarining uchrashuvlari, turizm sohasidagi tadbirlar, sport musobaqalari va yana qator vazirlik va idoralar rahbarlarining uchrashuvlarini o‘z ichiga oladi. Butun yil davomida “Shanxay ruhi” mamlakatimizda bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    To‘rtinchidan, ma’lumki, Toshkentda SHHTning muhim 2 ta bo‘g‘ini, ramziy ma’nodagi qanoti bo‘lgan – Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi va xalq diplomatiyasi Markazi faoliyat yuritadi. Bejizga bu ikkala tuzilmani muhim demayapman, sababi, ularning faoliyati o‘zaro to‘ldiruvchan va uzviy bog‘liq. Yanada aniqroq aytganda, xavfsizlik ta’minlanmagan joyda xalqlarning o‘zaro hamkorligi, aloqalari risoladagidek bo‘lmaydi. O‘z navbatida, xalqlar o‘zaro yaqinlashsa, madaniy-gumanitar aloqalar rivojlansa muayyan makonda keskinlik holati yuzaga kelmaydi. Shu nuqtayi nazardan, mazkur tuzilmalarning O‘zbekistonda joylashganligi mamlakatimizning tashkilotdagi o‘rni va nufuzi yuqoridaligidan dalolat beradi.

    Beshinchidan, Samarqand sammitida biz SHHTning tarixiy jarayonlariga guvohi bo‘lishimiz. Bu nafaqat tashkilotning geografik jihatdan kengayishi bilan bog‘liq, balki madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi bilan bog‘liq.

    Umuman olganda, Samarqand sammiti SHHTning tarixiy solnomasidan muhim o‘rin egallaydi va shubhasiz, tashkilot faoliyatining yangi rivojlanish bosqichiga o‘tishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Abror Yusupov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i.

    Mavzuga doir:

    • SHHT bosh kotibi: “Biz turli bloklarga qo‘shilmaslik, har qanday uchinchi tomonga qarshi harakat qilmaslikning asosiy tamoyillariga qat’iy rioya qilishimiz kerak”
    • “SHHT — G‘arbga qarshi tuzilgan tashkilot emas. Sammit kun tartibida global geosiyosiy inqiroz masalalari yo‘q” — Rahmatulla Nurimbetov
    • Samarqanddagi SHHT sammitida 15 ta davlat rahbarlari ishtirok etadi
    • “SHHT harbiy-siyosiy va iqtisodiy ittifoq emas” — tashkilot sobiq bosh kotibi Rashid Alimov
     

    11.09.2022, 16:23   Izoh (0)   12937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston SHHTda ilgari surgan tashabbuslar 54 taga yetdi

    11.09.2022, 15:33

    Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in chiqdi

    11.09.2022, 14:35

    Qashqadaryoda 11-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

    11.09.2022, 13:34

    Hibsga olingan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i qo‘yib yuborildi

    11.09.2022, 12:39

    Uzbekistan Airways Toshkentdan Termizga uchgan samolyot Buxoro aeroportiga qo‘ngani bo‘yicha ma’lumot berdi

    11.09.2022, 11:56

    Navoiydagi bog‘chada bolalar ommaviy zaharlangani aytilmoqda

    11.09.2022, 11:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.