Navoiy viloyati Karmana tumani 6-sonli bog‘chada ko‘p sonli bolalar ommaviy zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 9-sentabr kuni soat 17:00 da Karmana tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 10 nafar voyaga yetmagan bola umumiy holsizlik, qusish va ich ketishi kabi klinik belgilar bilan yotqizilgan.
Ushbu belgilar bo‘yicha bemorlarga tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limi tomonidan oshqozon-ichak faoliyati buzilishi tashxisi qo‘yilib, ularning 9 nafariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ahvoli qoniqarli bo‘lgani sababli kasalxonadan chiqarilgan (1 nafar bola boshqa kasallik alomatlari — o‘tkir resperator, yuqori nafas yo‘llarining shamollashi tashxisi bilan davolanmoqda).
Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Izoh (0)