Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi texnologik kompleks kimoshdiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joylashtirilgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 4,4 gektar. Binoning maydoni — 38 526 kvadrat metr. Unda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan binoning boshlang‘ich bahosi — 59,6 mlrd so‘m. Arizalar 13-sentabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Samarqanddagi MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan 13 xonali hovlining narxi ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)