• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Yiliga 120 million so‘m: Nafaqat san’atdan, balki dehqonchilikdan ham katta mablag‘ topayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video)

    “Yigit kishiga yetmish hunar ham oz”, deyishadi. O‘zbekistonlik san’atkorlar orasida ham o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rayotgan hamda mehnati evaziga mo‘may daromad topayotganlar talaygina. Quyida aksariyat mashhurlarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan faoliyat turlari haqida so‘z boradi.

    “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Umid Umarov dehqonchilik bilan shug‘ullanadi 

    Foto: Umid Umarovning shaxsiy arxividan

    Foto: Umid Umarovning shaxsiy arxividan

    — Dadam rahmatli o‘qituvchi bo‘lgan bo‘lsa ham dehqonchilik va chorvachilikka qiziqardi. Biror marta davlatdan yoki zamondan noliganini eshitmaganman. Ishdan keyin sholi ekib, bizni ham dehqonchilikka qiziqtirgan. Avvaldan xonadonimizda bir necha bosh qoramol bo‘lgan. Shu bois moddiy jihatdan ham qiynalmaganmiz. Dasturxonimiz hamisha to‘kis bo‘lgan.Dadamning ishini davom ettirib, Farg‘ona viloyatidagi Dang‘ara tumanida dehqonchilik bilan shug‘ullanaman. 60 sotix yer maydonim, 40 sotix issiqxonam bor. Har mavsumda turli ekinlarni ekamiz. Bug‘doy, mosh, makkajo‘xori, handalak, qovun, tarvuz, loviya, kartoshka sarimsoqpiyoz, xullas ekinlarimizning turi ko‘p. Issixonaga esa asosan pomidor, bodring va bulg‘or qalampiri ekiladi. Bog‘imizdan esa sara uzum, shaftoli va bodom mevalari xalqqa yetkaziladi.

    Dehqonchilikdan topadigan yillik daromadim yomon emas. Urug‘, o‘g‘it, suv, yer ijarasi, ishchi xarajati va texnikalarga sarflangan puldan keyin kamida 120 million daromad topaman. To‘g‘ri, ba’zi yillari zarar ko‘rgan paytlarim ham bo‘lgan. Chunki har sohada bo‘lganidek, dehqonchilik va bog‘dorchilikning ham o‘ziga yarasha sirlari bor, — deydi “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Umid Umarov.

    Abdujalil Qo‘qonovning 40 sotixli bog‘i bor

    Foto: Abdujalil Qo‘qonovning shaxsiy arxividan

    Foto: Abdujalil Qo‘qonovning shaxsiy arxividan

    — Bog‘dorchilik bilan 20 yildan buyon shug‘ullanaman. Uyimiz 45 sotix, shundan 40 sotixini katta bog‘ tashkil qiladi. Uyimizga asosan uzun ekkanmiz va uni mahalladosh ukalar yordamida parvarishlaymiz. Shu kungacha 2 gektar yer maydonida tashkil etilgan bog‘ga ham egalik qilardim. Katta bog‘imizda uzum, shaftoli, gilos va limon mevalarini o‘stiramiz. Bu yil yana bir gektar yer maydoniga shartnoma imzoladik. U yerda ham uzum yetishtirish niyatimiz bor. Dehqonchilik va bog‘dorchilikda daromad katta. Faqat e’tiborli bo‘lish va mehnatdan qochmaslik kerak.  Bog‘da faqat o‘zim ishlayman desam xato bo‘ladi. Mahalladosh bog‘bonlarni kunbay asosida ishga olamiz, — deydi xonanda Abdujalil Qo‘qonov.

    Valijon Shamsiyev ham bog‘bon

    Foto: Instagram / @valijon__shamshiyev

    Foto: Instagram / @valijon__shamshiyev

    — Dehqonchilik bilan shug‘ullanayotganimga ancha yil bo‘lgan. Ilgari 60 gektar yer maydonim bor edi, shundan 7 gektariga bog‘ tashkil qilgandik. Ammo bu sohaning ham qiyinchiligi bor, shu bois uni topshirvorishimizga to‘g‘ri keldi. Hozir faqatgina Oltiariqda 40 sotixlik bog‘im bor. U yerda asosan o‘rik va shaftoli yetishtiriladi. Toshkentdagi uyim atrofiga esa uzum va shaftoli ekkanmiz. Uyim atrofidagi bog‘ga o‘zim qarayman, katta bog‘ning esa o‘z bog‘bonlari bor, — deydi qiziqchi Valijon Shamsiyev.

    Otabek Muhammadzohid: “Bog‘imdan faqat o‘z ehtiyojim uchun foydalanaman”

    Foto: Instagram / @otabek.muhammadzohid

    Foto: Instagram / @otabek.muhammadzohid

    — Ochig‘ini aytsam, dehqonchilik va bog‘dorchilikka qiziqmayman. Ammo shahardan tashqarida bog‘ tashkil qilganmiz. Chunki ijodkor ahli hamisha sokin, bahavo joyga borib, ijod qilishni istaydi. Shu maqsadda shahardan chekkaroqda yer olib, 5-6 tupdan turli mevalar va bodom ko‘chatlarini ektirganman. Yoz kunlari u yerga borib, hordiq chiqaramiz. Tabiat qo‘ynida yaratilgan ijod mahsuli ham go‘zal bo‘ladi. Misol uchun “Mayli telba denglar” qo‘shig‘i ham aynan o‘sha bog‘da yaratilgan. Daraxtlarga bog‘bon yigit qaraydi, u yerdan katta daromad olmaymiz. Ammo yozda mazali mevalar dasturxonimizdan arimaydi, — deydi xonanda Otabek Muhammadzohid.

    Abdurashid Yo‘ldoshev: “Bolalaligimizdan bu ishlarni erkak kishi bilishi kerak, deb ulg‘ayganmiz”

    Foto: Instagram / @abdurashidyoldoshev

    Foto: Instagram / @abdurashidyoldoshev

    — Haqiqatan ham oilamizning katta bog‘i bor, ammo bu ish bilan asosan Abduvohid akam shug‘ullanadi. Otam ham chorvachilik, dehqonchilik va bog‘bonchilikka qiziqqan. Shu bois, bolalaligimizdan bu ishlarni erkak kishi bilishi kerak, deb ulg‘ayganmiz. Bog‘imizda olma, shaftoli va g‘ilos mevalari bor. Mavsumga qarab, bozordagi talabgirligiga qarab sabzavotlar ekiladi. Bu yil asosan bodring va pomidor ekishdi. Ochig‘ini aytaman, ilgari ekinlarga onda-sonda bo‘lsa ham qo‘lim tegib turardi. Hozir ishlarim ko‘pligidan “Hay barakalladan” nariga o‘tolmay qolganman, — deydi xonanda Abdurashid Yo‘ldoshev.

    Rahmonali Suropov 10 yildan buyon dehqon

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Dehqonchilik bilan 10 yildan buyon muntazam shug‘ullanaman. Har yili deyarli zarariga ishlayman. “Bo‘ldi, endi dehqonchilik qilmayman”, deyman-u, ammo qiziqish sabab bahorda yana ishni boshlab yuboraman. Bahorda 25 sotix issiqxonaga bodring ekdim. Hozir yomon bo‘lmadi, ammo bodringlar arzon paytda bozorga chiqdi. Hozir esa 1 gektar yerga pomidor ekkanman. Hozir ham O‘rtasaroydagi dalada beri kelolmayapman. Sababi pomidorga qurt tushib ketyapti. Eng kuchli dori ham bir haftaga yetmay ta’sirini yo‘qotyapti. Odamlar kimyoviy moddalarni ko‘p ishlatasizlar deb nolishadi. To‘g‘ri, ammo dehqonlarga ham oson emas. Bittagina pashsha axlatidan paydo bo‘lgan qurt avvaliga pomidor barglarini, undan keyin mevasini qurutyapti, — deydi komik aktyor Rahmonali Suropov.

    Mavzuga doir:

    • Shukurullo Isroilov — “morg”da, Sevara Nazarxon — “Ippodrom”da. Mashhur bo‘lishidan avval o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)
    • “Zarariga ishlayotgan bo‘lsa ham korxonamni yopa olmayman”. Yulduz Usmonova prezident bilan gapi bir joydan chiqqani va yangi biznes boshlayotgani haqida (video)
    • Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin. Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    05.09.2022, 15:45   Izoh (1)   68581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 1998036493@telegram.org / 06.09.2022, 15:29

      Ajoyib men yaxshigina motivatsiya oldim desam ham boʻladi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahnoza Mirziyoyevaning qadrdon dugonasi hamda Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandasi Lola 37 yoshda (foto, video)

    05.09.2022, 12:48

    Yangi filmlarda odatiy ampulasidan tubdan farq qiladigan obrazlarni gavdalantirgan Gollivud yulduzlari (foto)

    05.09.2022, 10:50

    Instagram: Shohruxxon va Asal Shodiyeva xonadonida bayram, bir kunda 3 o‘g‘lini uylantirgan Sobirjon Mo‘minov, Ra’no Yarasheva oilasida judolik

    04.09.2022, 22:57

    Sharq malikalari: Xande Erchel, Fahriye Evjen hamda boshqa eng mashhur turk aktrisalarining hashamatli uylari (foto)

    04.09.2022, 20:57

    Gollivud yulduzi Bred Pitt 20,5 million dollarni kimlarga va nima uchun berdi?

    04.09.2022, 18:55

    Taniqli Gollivud aktrisasi Jeyn Fonda saratonga chalindi

    04.09.2022, 11:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toyota o‘zining yanada kuchli Land Cruiser avtomobilini taqdim etdi

    Avto | 18 iyun, 11:12

    Fransiyadagi mashhur Luvr muzeyi yopildi

    Dunyo | 18 iyun, 11:05

    Isroildagi o‘zbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkinligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 10:48

    Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisiga aylandi

    Sport | 18 iyun, 10:32

    Eron Isroil havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

    Dunyo | 18 iyun, 10:30

    Isroil o‘z fuqarolariga mamlakatni tark etishni taqiqladi

    Dunyo | 18 iyun, 10:18

    O‘zbekiston avtomobil bozori 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sadi — BCG

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:56

    Hech nima qilmasdan metabolizmni tezlashtirish va ozish sirlari

    Salomatlik | 18 iyun, 09:47

    “Isroil biz uchun Eronda ‘qora ishlar’ qilmoqda” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 18 iyun, 09:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.