Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorij shou-biznes vakillari orasida o‘z brendiga ega mashhur insonlar nihoyatda ko‘p. O‘zbek san’atkorlari orasida ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanadiganlar oz emas. Aslida, tadbirkorlik ham murakkab soha, bu borada hammaga ham omad kulib boqavermaydi.

Manzura

Foto: “Sayyod”

Foto: “Sayyod”

Xonanda Manzura opasi Nigina bilan birgalikda “Manzura” liboslar butigi faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. U liboslar dizayni va ularning reklamalari ustida ishlab, maxsus fotosessiyalar ham o‘tkazgandi. Ayniqsa, turk fotografi Tayfun bilan Bali orolida o‘tkazilgan maxsus fotosessiyasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Kaniza

Foto: Facebook / @Kaniza

Foto: Facebook / @Kaniza

Kaniza shou-biznesga qadam qo‘ymasdan avval tadbirkorlik faoliyatini boshlagandi. U otasining ko‘magi bilan  “Kaniza” oqshom liboslari saloni  va atelyesini ishga tushirgan. Afsuski, uning biznesi uzoqqa bormadi.

Ozoda Nursaidova

Foto: Facebook / Ozoda Nursaidova

Foto: Facebook / Ozoda Nursaidova

Xonanda Ozoda Nursaidova 2015-yilda “Ozoda” nomli parfyum ishlab chiqarishni boshlagandi. Afsuski, shov-shuv bo‘lgan parfyum haqida hozircha hech qanday gap-so‘z yo‘q.

Sitora Alimjonova

Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

Aktrisa Sitora Alimjonova bir necha yil avval go‘zallik saloni faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. Afsuski, bu faoliyat ko‘p o‘tmay yakunlandi.

Asal Shodiyeva

Foto: Instagram / @asalshodiyeva

Foto: Instagram / @asalshodiyeva

Aktrisa Asal Shodiyeva “Miel” brendiga asos solib, ayollar va bolalar liboslarini ishlab chiqarishni boshlagandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, internet-do‘koni faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Rayhon

Foto: Instagram / @rayhon_ganieva

Foto: Instagram / @rayhon_ganieva

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘z brendidagi svitshotlarni ishlab chiqarishni boshlagandi. Mazkur liboslarning o‘ziga xosligi shundaki, ularga xonandaning suratlari va qo‘shiq nomlari tushirilgan. Afsuski, bu biznes unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Shundan so‘ng u turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan birgalikda o‘rdak fermasi ochdi.

Aziza Yoqubova

Foto: Instagram / @ravza_yasmin

Foto: Instagram / @ravza_yasmin

Aktrisa Aziza Yoqubova ham qizining ismiga monand “Rovza Yasmin” internet-do‘konini tashkil qilgandi. Keyinchalik ijaraga do‘kon olib, uning tantanali ochilish marosimini o‘tkazdi. Ayollar va bolalar kiyim-kechaklari sotiladigan do‘kon bir oydan so‘ng yopildi.

Bloger va aktrisa Xonzoda

Foto: Instagram / @xanna__official

Foto: Instagram / @xanna__official

Aktrisa Xonzoda “Xanna”  nomi ostida ayollar kiyim do‘koni faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. Afsuski, oradan ikki oy o‘tmay Xonzoda do‘kon yopilishini va kiyimlar arzon narxda sotilishini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi