• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Shahnoza Mirziyoyevaning qadrdon dugonasi hamda Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandasi Lola 37 yoshda (foto, video)

    Ko‘plab xit taronalar ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olgan xonanda, “Sevinch”, “Kelgindi kuyov”, “Yondiradi, kuydiradi”, “Farhod va Shirin” kinofilmlarida aktrisa sifatida namoyon bo‘lgan Lola Yo‘ldosheva 4-sentabr kuni 37 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan “Daryo” xonandaning hayot va ijod yo‘li haqida ma’lumot beradi. 

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    San’atga qiziqishi kuchli bo‘lgan huquqshunos 

    Lola Yo‘ldosheva 1985-yilning 4-sentabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Ravshanbek Yo‘ldoshev uzoq yillar mobaynida ichki  ishlar organlarida tergovchi sifatida faoliyat yuritgan. Shu bilan birga, uning san’atga qiziqishi baland bo‘lgan. Aynan shu qiziqish ortidan Ravshanbek Yo‘ldoshev keyinchalik ko‘plab yulduzlarni kashf qilgan “Tarona rekords” prodyuserlik kompaniyasiga asos solgan. Lola oilada to‘rt nafar farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan, ya’ni xonandaning Rustam ismli ukasi va Anora, Asal ismli singillari bor.

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Aktrisa yoshligida ijtimoiy fanlarni katta qiziqish bilan o‘rganadi va Buyuk Britaniyadagi o‘rta maktabda tahsil oladi. Lola maktabni bitirganidan keyin Moskva xalqaro universitetida o‘qishga kiradi. Xonanda o‘qishni bitirgach, Toshkentga qaytadi va biznes sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida poytaxtdagi Vestminster xalqaro universitetida o‘qiydi. So‘ngra Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishini ko‘chiradi va oliy ma’lumotli yurist sifatida o‘qishni bitiradi.

    Foto: Instagram/@lolaofficial_

    Foto: Instagram/@lolaofficial_

    Ijodiy faoliyatini reklama roligidan boshlagan 

    Lola o‘z ijodiy faoliyatini juda erta boshlagan. U o‘n yoshida “Shiribom” reklama roligi uchun o‘zining ilk taronasini ijro etgan. Lola 2002-yilda xonanda sifatida faoliyatini boshlaydi va “Netayin” nomli taronasini ijro etadi. Xonandaning ushbu taronasi ko‘p muddat xit taronalar safidan tushmaydi. U 2002-yilda rossiyalik prodyuserlar bilan shartnoma imzolaydi va bir muddat Mayya taxallusi ostida ijod qiladi.

    Shundan keyin o‘zini aktrisalikda sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan Lola 2003-yilda “Sevinch” nomli kinokartinada xonanda Shahzoda, aktyor Bobur Yo‘ldoshev bilan suratga tushadi va aktrisa sifatida taniladi. U shundan so‘ng “Muhabbatim”, “Topdim baxtimni”, “Imkon ber”, “Senga”, “Sog‘indim”, “Kel” taronasini muxlislariga taqdim etadi.

    Xonanda ishtirokidagi “Kelgindi kuyov”, “Jodugar”, “Yondiradi, kuydiradi”, “G‘aroyib orzular” filmlari ham tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

    Lola 2020-yilda Xitoy nashri tuzgan Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandalari ro‘yxatiga kiritilgan.  Ushbu ro‘yxatdan ikki mashhur xonanda — Shahzoda va Rayhon ham joy olgan. Shuningdek, ro‘yxatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning eng mashhur qo‘shiqchilari nomlari keltirilgan.

    Ikkinchi turmushidan baxtini topgan 

    Aktrisa 2005-yilda “Tarona” mukofotlash marosimida “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” sifatida g‘olib deb topiladi. Shundan keyin xonanda turmushga chiqadi va ijodda tanaffus qilib, oilasiga vaqt sarflaydi. Lola “Topdim baxtimni” nomli taronasida birinchi turmush o‘rtog‘i bilan suratga tushgan. Oradan 6 yil o‘tib, 2011-yilda u turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini va ijodga qaytganini ma’lum qiladi.

     

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Lola birinchi turmush o‘rtog‘i bilan sevishib turmush qurgani, biroq keyinchalik u tomondan qo‘yilgan turli taqiq va cheklovlar o‘zaro kelishmovchilik hamda oilaning buzilishiga sabab bo‘lgani haqida so‘zlab bergandi.

    “Biz sobiq turmush o‘rtog‘im bilan tanishganimizda 18 yoshda edim. U meni turmushga chiqishga ko‘ndirish uchun bir yil ‘mehnat qildi’, bizning to‘yimizga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan ota-onamni ko‘ndirish uchun esa yana bir yil sarfladi. U hammamizni ko‘ndirish uchun barcha mahoratini ishga soldi. Shu tarzda oradan 2 yil o‘tib biz unga taslim bo‘ldik. Otam sobiq turmush o‘rtog‘imdan to‘ydan keyin o‘qishimni davom ettirishim hamda o‘tgan yillar mobaynida erishgan karyeramni davom ettirish va’dasini oldi. Erkaklar qo‘l tashlashdi, non sindirildi, to‘yimiz bo‘ldi.

    To‘ydan keyingi 5 yil davomida men faqat uy ishlari bilan shug‘ullanib uyda o‘tirdim. Biz shahardan 30 kilometr uzoqlikda yashardik, men deyarli uydan ko‘chaga chiqmasdim. Menga o‘qishimni davom ettirishga ham ruxsat berishmadi. Chunki bu yangi kelinchakka uydagi majburiyatlarini bajarashiga xalaqit berardi. Shu tarzda Vestminsterni tamomlay olmadim. O‘qishimni yuridik universitetning sirtqi bo‘limiga ko‘chirishdi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

     Ishlashimni hamda kasbim bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishimni taqiqlashdi. Barcha dugonalarim bilan aloqam uzildi, ular bilan uchrashuvlarga, tug‘ilgan kun va to‘ylarga yuborishmasdi.

    Ota-onamnikiga bir haftada bir marta bir necha soatga borardim, yotib qolishga hech qachon ruxsat berishmasdi. Shunday qilib oradan yillar o‘tdi. Ikki farzandli bo‘ldim. Har kuni ertalab soat 6:00 da turardim, yarim kechasi uxlashga yotardim. Boshqalarning manfaatlari bilan yashardim, chunki o‘zimda hech qanday manfaat yo‘q edi. Hayotimdagi asosiy maqsad oila a’zolariga xizmat qilish, ularga yaxshi ko‘rinish edi. Har kecha uxlashdan oldin o‘zimni sahnada his etar, ko‘zlarim yonib tabassum qilayotganimni tasavvur qilardim. Faqat tushimda o‘zimni baxtli va erkin his etardim.

    Haqiqiy Lolani sog‘inardim…

    Kunlardan bir kun men 40 kunlik o‘g‘limni va ikki yoshli qizimni olib u uydan ketdim va u yerga boshqa hech qachon qaytmadim…

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    “O‘shanda men qo‘rqqanmidim? Yo‘q. Qilmishimdan afsuslandimmi? Hech qachon! Kimnidir ayblaymanmi? Bu ahmoqlik. Biz bilan bo‘layotgan hamma narsaga biz qachondir ruxsat berganmiz. Oradan 10 yil o‘tganidan so‘ng men bu haqda birinchi marta gapiryapman. Chunki qachondir men bosib o‘tgan hayotda yashayotgan ayollarning og‘rig‘ini tushunaman, sizning umidsizligingizni his etaman, oilangizni yo‘qotishdan, shu bilan birga, tubsiz jarlik yoqasida qolishdan qo‘rqishingizni bilaman.

    Birga yashayotgan odamlaringizning harakatlarini oqlab, bu sizning taqdiringiz va siz hech narsani o‘zgartira olmasligingizga o‘zingizni ishontirayotganingiz, ota-onangiz yuzini yerga qaratmaslik uchun harakat qilayotganingizni his qilaman.

    Siz juda ham istaydigan yagona narsa — to‘yib uxlash yoki hech bo‘lmasa biror marta hech kimdan ruxsat so‘ramasdan biror qarorni qabul qilish. Biroq siz bulardan ko‘prog‘iga loyiqsiz. Bu ajrashishga chaqiriq emas! Men uchun oilaviy qadriyatlar hamisha ustun bo‘lgan. Bu o‘zingizni hurmat qilishga chaqiriq! Siz shaxs ekanligingiz va o‘zingiz orzu qilgan hayotda yashashga to‘laqonli haqli ekanligingizni unutmang! Ha, siz kelin, rafiqa va onasiz, lekin birinchi navbatda siz o‘z haq-huquqlariga ega insonsiz hamda hech kim ularni oyoqosti qilish huquqiga ega emas.

    Foto: Instagram/@lolaofficial_

    Foto: Instagram/@lolaofficial_

    Kimdir o‘zgarishi va hayotingiz yaxshilanishini kutmang. Bu o‘z-o‘zini aldash. O‘zgarishi mumkin bo‘lgan yagona inson — sizsiz. Men shu tarzda yumshoq fe’l-atvorli, ochiq, sodda va ishonuvchan qizdan kuchli, asosiysi, o‘zini sevadigan va hurmat qiladigan ayolga aylandim.

    Biz qizlarimizga o‘rnak bo‘lamiz, shuni yodda tuting. O‘ziga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bolalar o‘ziga ishonchi yuqori, o‘ziga qaragan, otasi sevadigan baxtli onani ko‘rishi kerak. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas! Mening farzandlarim bugun meni shu holda ko‘ryapti.

    Oradan yillar o‘tib, men turmush o‘rtog‘im siymosida baxtimni, sevgimni, erkimni, hurmat va qo‘llab-quvvatlashni topdim. Buning uchun undan minnatdorman. Endi siz bu shunchaki balandparvoz so‘zlar emas, balki mening hayotiy tajribam ekanligini bilasiz.

    Men sizlarning har biringiz baxtli bo‘lishingizni juda xohlayman. Yana o‘zingizning hayotingizni sevishingiz, bu yashash uchun kurash emas, ajoyib yo‘l ekanligini yodda tutishingizni istardim. Bu yo‘lni qanday bosib o‘tishni faqat siz hal qilasiz”, — degan edi xonanda.

    Birinchi turmushidan ajrashgandan so‘ng xonanda 2017-yilda yana turmush quradi va 2020-yilda qizi Aishani dunyoga keltiradi.

    Foto: Instagram/@lolaofficial_

    Foto: Instagram/@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Shahnoza Mirziyoyevaning eng yaqin dugonasi va “Aqlvoy” telekanali madhiyasi ijrochisi

    Xonanda Lola O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizi, Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyevaning eng yaqin dugonalaridan biri hisoblanadi. Ularning do‘stligiga 15 yildan oshdi. Xonanda Lola 2021-yilning noyabr oyida Shahnoza Mirziyoyeva bilan tushgan suratini sahifasiga joylab, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan va samimiy tilaklarini bildirgan. Shuningdek, xonanda Shahnoza Mirziyoyeva bilan uzoq yillik qadrdon ekanligini aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Lola Maktabgacha ta’lim vazirligining turli loyihalarida har doim dugonasi Shahnoza Mirziyoyeva bilan birgalikda, uni qo‘llab-quvvatlab turadi. Xususan, “Aqlvoy” telekanali ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ham xonanda dugonasining yonida edi.

    Xonanda zararli odatlari haqida

    Lolaning ham ko‘plab insonlar singari zararli odatlari bor. Xonanda muxlislariga atalgan postida punktuallik (o‘z vaqtida ulgurish) borasida ajralib turmasligi va ko‘pincha hamma joyga kechikib yurishiga iqror bo‘ldi, buni esa ishlarni doim keyinga qoldirishi bilan izohlagan edi. Bundan tashqari, qo‘shiqchi o‘zini qahvada cheklamasligini, bir kunda bu ichimlikdan ikki finjon ham ichishi mumkinligini qayd etgan edi. Shuningdek, Lola kir yuvish mashinasidan yuvib bo‘lingan kiyimlarni chiqarib yoyib qo‘yishni unutishi, ancha vaqtdan keyin esa ularni qaytadan yuvishi haqida yozgan edi.

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Lola va Shahzoda o‘rtasidagi munosabat har doim muhokamalar markazida

    Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev uning onasi Gulnora Yo‘ldosheva bilan ajrashib, Shahzodaga uylanganidan keyin xonandalar o‘rtasidagi munosabat yomonlashgani haqida uzoq yillar davomida mish-mishlar yuradi. Shahzoda ham, Lola ham turli intervyularda ular hech qachon bir-biriga ovozini balandlatib gapirmagani, oralarida jiddiy kelishmovchilik ham yo‘qligini ta’kidlab keladi. Lola Instagram sahifasi orqali muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berar ekan, Shahzoda bilan ayni paytda hech qanday munosabatda emasligini ma’lum qilgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Otasining vafot etganidan so‘ng ancha paytgacha o‘ziga kela olmagan

    2020-yilning 31-mart kuni Lolaning otasi Ravshanbek Yo‘ldoshev yurak xurujidan vafot etdi. Xonanda o‘shanda oilasi bilan Rossiyaning Moskva shahrida edi. Pandemiya tufayli aviareyslar cheklangani bois Lola otasining ma’rakalariga kela olmadi. Xonanda otasining o‘limidan keyin ancha vaqtgacha o‘ziga kela olmagani haqida muxlislariga so‘zlab bergan edi.

    “Otam sochining uchigacha intelligent odam edi. U eng aqlli, mehribon, nihoyatda iste’dodli inson edi. U har doim o‘zini og‘ir-bosiq tutar, past, yoqimli ovozda gapirardi. O‘ylashimcha, u javobini bilmaydigan bironta ham savol yo‘q edi. Har doim to‘g‘ri, dono maslahat berardi. Men har doim ijod va shaxsiy hayotga oid maslahatlarni undan so‘rardim. U har doim mening suyanchig‘im edi. U o‘zini sevardi, o‘ziga qarardi, har doim did bilan kiyinardi. Yana uning qo‘llari juda chiroyli edi. U tug‘ishimga kelishini aytgandi, men uni rosa kutayotgan edim. Biz u bilan o‘limidan bir kun avval gaplashgan edik. Ikkalamiz ham bu oxirgi marta ekanligini bilmagandik”, — degan edi Lola.

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Foto: Instagram /@lolaofficial_

    Plastik jarrohlikka murojaat qilganini yashirmaydi

    Lola 2022-yilning mart oyida plastik jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. U go‘zal bo‘lish uchun asli o‘zbekistonlik, ammo Moskvada faoliyat yuritayotgan mashhur plastik jarroh Timur Hidirovga murojaat qildi.

    Har yili tug‘ilgan kunini har xil mamlakatda nishonlash an’anasi

    Lola har yilgi tug‘ilgan kunini o‘zi uchun yangi shaharda nishonlashni odat qilgan. Xonanda 2021-yilning 4-sentabrida Shveysariyadagi kurortlardan birida 36 yoshini qarshi olgan bo‘lsa, bu yil u Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga shaxsiy bayramini nishonlash uchun jo‘nab ketdi.

    “Qachonlardir har yili tug‘ilgan kunimni sayohatda nishonlashni niyat qilgandim. Ikki yildirki ushbu niyatimga erishmoqdaman. Yangi mamlakatlar, yangi men! Ushbu imkoniyat uchun Yaratgandan cheksiz minnatdorman”, — deydi xonanda.

    Mavzuga doir: Lola, Munisa Rizayeva hamda mukammal tashqi ko‘rinishga erishish uchun plastik jarrohlik amaliyotidan foydalangan boshqa mashhurlar (foto).

    05.09.2022, 12:48   Izoh (0)   52358
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangi filmlarda odatiy ampulasidan tubdan farq qiladigan obrazlarni gavdalantirgan Gollivud yulduzlari (foto)

    05.09.2022, 10:50

    Instagram: Shohruxxon va Asal Shodiyeva xonadonida bayram, bir kunda 3 o‘g‘lini uylantirgan Sobirjon Mo‘minov, Ra’no Yarasheva oilasida judolik

    04.09.2022, 22:57

    Sharq malikalari: Xande Erchel, Fahriye Evjen hamda boshqa eng mashhur turk aktrisalarining hashamatli uylari (foto)

    04.09.2022, 20:57

    Gollivud yulduzi Bred Pitt 20,5 million dollarni kimlarga va nima uchun berdi?

    04.09.2022, 18:55

    Taniqli Gollivud aktrisasi Jeyn Fonda saratonga chalindi

    04.09.2022, 11:54

    Instagram: O‘g‘lining to‘yida san’atkorlar ustidan dollar sochgan Abdulla Qurbonov, turmushga chiqayotgan Ruxshona, Jahongir Xo‘jayev Umra safarida

    03.09.2022, 22:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.