• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    KXDRning “abadiy prezidenti”, Londondagi “buyuk yong‘in”ning o‘chirilishi, yurak operatsiyasiga rozilik bergan Yelsin. Kun xronologiyasida 5-sentabr

    5-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Londonda sodir bo‘lgan “buyuk yong‘in”ning o‘chirilishi, KXDRning “abadiy prezidenti” va Rossiya prezidenti Boris Yelsinning yuragi operatsiya qilinganiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Londondagi “buyuk yong‘in”

    1666-yilning 2-sentabrida Londonda boshlangan yong‘in oradan uch kun o‘tib, 5-sentabrda o‘chirilgan. “Buyuk yong‘in” nomini olgan ofat Karl II Stuardning boshqaruv davriga to‘g‘ri keladi.

    2-sentabr, yakshanba kechasi Padding-Leyn ko‘chasidagi Tomas Farrines novvoyxonasida yong‘in chiqadi. Olov shiddat bilan shahar g‘arbi tomon tarqala boshlagan. U vaqtlarda olovga qarshi kurashning asosiy chorasi — yong‘in tarqalishining oldini olish uchun qo‘shni binoni buzib tashlash bo‘lgan.

    Temzadan ko‘rinishi, o‘ng tarafda Tauer, chap tarafda London ko‘prigi

    Temzadan ko‘rinishi, o‘ng tarafda Tauer, chap tarafda London ko‘prigi
    Foto: Noma’lum rassom tomonidan chizilgan “London yong‘ini” kartinasi

    Yong‘inni to‘xtatish uchun atrofdagi uylarni buzish buyrug‘i berilgan vaqtda shamol uni olovli quyunga aylantirib bo‘lgan edi. Barcha o‘choqlar birlashgan va issiq havo oqimi hamda shamol yong‘inni ulkan olovli mexanizmga aylantirgan.

    Bundan tashqari, London meri Tomas Bladvord ijarachilarning yo‘qligi va ularning mulkini buzish uchun ruxsatlarini olish lozimligini ta’kidlab, xonadonlarni buzishdan bosh tortgan. Yong‘inga jiddiy e’tibor qaratmagan mer uyiga qaytib, dam olishni ma’qul ko‘rgan.

    Yong‘in tez tarqala boshlagan. Qo‘shni uylarni buzish boshlangan vaqtda olov keyingisiga o‘tib ulgurgan. Shu orqali vaziyat nazoratdan chiqib ketgan.

    “Biror odam yong‘inni o‘chirishga uringanida edi”

    3-sentabr kuni ertalab yong‘in shaharning shimol va janubiy qismlariga tarqalishni boshlagan. Shuningdek, olov g‘arbiy binolarni egallab olgan. Ingliz memuaristi Jon Ivlin o‘z kundaligida ofatni shunday ta’riflaydi: “Yong‘in shu qadar keng ko‘lamli ediki, xalq sarosimaga tushib qolganidan hech narsa qila olmasdi”.

    Foto: BBC

    Ingliz dengiz idorasi amaldori Semyuel Pips o‘z kundaligida yong‘inni kuzatish uchun Tauerga borganini eslaydi. Amaldorning yozishicha, u bir qismi yonib bo‘lgan shahar, shuningdek, “ulkan olov domida qolgan ko‘prik”ka duch kelgan. Pips shu kuniyoq qirol va uning ukasi, York gersogining oldiga borib, vaziyat haqida ma’lumot bergan. Amaldor o‘zi guvoh bo‘lgan holatni so‘zlab berib, qirol zudlik bilan uylarni buzishga ruxsat bermasa, vaziyat bundan ham yomon tus olishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan. Uni tinglagan qirol darhol uylarni buzishni buyurgan. York gersogi qancha kerak bo‘lsa, shuncha askar ajratilishini ma’lum qilgan.

    Xorijliklar va katoliklarning fitnasi

    Shu bilan birga, o‘sha vaqtda katoliklarning fitnasi haqida mish-mishlar tarqay boshlagan, kimdir fransuz yoki niderlandlar binoga o‘t qo‘yayotganini ko‘rganini aytgan. Ularning ikkisi ham Buyuk Britaniyaga nisbatan dushman kayfiyatida bo‘lgan. Odamlar Gollandiya bilan oldingi urushda inglizlar golland shaharlarini yoqib yuborganini eslagan. Shu sababli Londondagi yong‘inni gollandlarning qasosi degan xulosaga kela boshlashgan. Mish-mishlar ortidan bosqinchilik boshlangan: ko‘plab guvohlarning qayd etishicha, olomon shahar bo‘ylab xorij fuqarolarini ta’qib qilgan. Mahalliy hokimiyat va politsiya nafaqat yong‘in bilan, balki g‘azab otiga mingan mahalliy aholi bilan ham kurashishga majbur bo‘lgan.

    Yong‘in egallab olgan hudud

    Yong‘in egallab olgan hudud
    Foto: “Thames.me.uk”

    Kechga borib yong‘in shahar markaziy qismini butunlay egallagan va shimol hamda g‘arb tomon tarqalishni boshlagan. Ko‘priklarning uchdan ikki qismi yonib ketgani bois qarama-qarshi qirg‘oqdagi Sautvorkaga zarar yetkazmagan. Shunday qilib, olov faqat shimol tomonni egallagan. Qirolning ukasi Yakovga olovga qarshi operatsiyaga boshchilik qilish topshirilgan.

    Mehnatga layoqatli barcha aholini o‘t o‘chiruvchilar qatoriga majburiy qabul qilish bo‘yicha buyruq berilgan. Shu bilan birga, yordam berishga imkoni bor ayrim aholi fuqarolarning qashshoq yashagani bois chayqovchilikni boshlab yuborgan. Ular o‘z xizmatlari evaziga katta narx qo‘yib olgan.

    Yong‘in davom etmoqda

    Seshanba kuni yong‘in Flit-stridan o‘tib, qirolning ayrim qo‘mondonlik punktlarini egallagan. Flit daryosi olovning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi degan umidlar chippakka chiqqan. Shamol osonlik bilan olovni yoyishni davom etadi. Bundan tashqari, qirg‘oqdagi yog‘och binolar ham vaziyatni murakkablashtirgan. U vaqtlarda daryo bo‘ylariga porox zaxiralari saqlangan qayiqli omborlar joylashtirilgan.

    Puting-Leyndagi eski binolar hozirga qadar saqlab qolgan suratdagi binolar kabi bir-biriga juda yaqin qurilgan

    Puting-Leyndagi eski binolar hozirga qadar saqlab qolgan suratdagi binolar kabi bir-biriga juda yaqin qurilgan
    Foto: BBC

    Ko‘plab hududlarga o‘t o‘chiruvchilar yetishmagan, biroq barcha kuchlar yordamida qarama-qarshi polosalar tuzilgan. Aynan shu kuni yong‘in tomonidan ko‘p zarar yetkazilgan. Ammo mahalliy otryadlar qo‘shni binolarni portlatib, olovni Tauer oldida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.

    5-sentabr chorshanba tongida yong‘in Middl-Templning g‘isht devorlariga yetib borgan. Ishchilar uylarni buzishni to‘xtatmagan. Shuningdek, shamol ham kuchsizlanib, janub tomon esa boshlagan va olovni daryo tomon haydagan. Va nihoyat buzilgan uylar sekin-asta olov tarqalishini to‘xtatgan. Ba’zi joylarda olov yonishni davom etgan bo‘lsa-da, yong‘in to‘xtagandi.

    Yong‘inni hozirda qanday eslashadi?

    Umuman olganda yong‘in asosan London Sitini egallagan. Shahar chetidagi vayronalar va aristokratlar yashaydigan Vestminster hamda Uaytxoll tumanlariga yetib bormagan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘inda 13,2 ming uy, 87 ta cherkov, Avliyo Pavel sobori va amaldorlarga tegishli uylarning aksariyati yonib ketgan.

    Tarixchilarning yozishicha, 70 ming odam boshpanasidan ayrilgan, o‘sha vaqtda Sitida o‘zi 80 mingga yaqin odam istiqomat qilgan.

    Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni hozirga qadar noma’lum bo‘lib qolmoqda. Chunki o‘sha vaqtda qashshoq va o‘rta sinfga kiruvchi insonlarning o‘limi qayd etilmagan. Yong‘in o‘chgach olti kishi halok bo‘lgani aytilgan, biroq kuchli yong‘indan omon qolishning imkoni juda qiyin bo‘lgan. Arxeologlar keyinchalik Padding Leyndan kam sonli kulolchilik namunalarini topgan. Hozirda London muzeyida joylashgan obyektning tahlili olov Selsiy bo‘yicha 1700 darajaga chiqqanini ko‘rsatgan.

    1666-yildagi yong‘in ko‘lami o‘zidan oldingi yong‘inlardan katta bo‘lgan. Ayrim tarixchilarga ko‘ra, o‘sha vaqtda o‘lat tarqalgani hisobga olinsa, yong‘in aholining foydasiga xizmat qilgan. Ammo boshqalarning ta’kidlashicha, bu vaqtda Yevropaning boshqa qismlarida ham epidemiya tugab bo‘lgan edi.

    Shundan buyon Buyuk London yong‘ini shahar markazidagi kolonna eslatib turadi. Monument taniqli arxitektor Krisofer Ren va olim Robert Guk tomonidan loyihalashtirilgan. Uning balandligi 62 metr bo‘lib, o‘sha joydan olov boshlangan novvoyxonagacha bo‘lgan masofaning ramzi hisoblanadi.

    Foto: Flickr

    Chuchxeni o‘ylab topgan inson: Kim Ir Sen KXDR uchun kim edi?

    1998-yilning 5-sentabrida Kim Ir Sen Koreya Xalq Demokratik Respublikasining abadiy prezidenti etib tan olingan edi. Shimoliy Koreya tarixida o‘chmas iz qoldirgan ushbu davlat arbobi aslida kim bo‘lgani va uning hayot yo‘li haqida quyida bayon qilamiz.

    KXDR aholisi har yili 15-aprelni mamlakatning asosiy bayrami — Kim Ir Senning tug‘ilgan kuni (Quyosh kuni ham deyiladi) sifatida tantanali nishonlab keladi. Shimoliy Koreya Konstitutsiyasiga ko‘ra, Kim Ir Sen xalq respublikasining “abadiy prezidenti” hisoblanadi. 1994-yilda kutilmaganda vafot etgan prezident sabab mamlakatda uch yil motam e’lon qilingan. Pxenyandagi markaziy maydon, futbol stadioni, asosiy universitet, shuningdek, ko‘plab ko‘chalar va boshqa son-sanoqsiz obyektlar Buyuk dohiy sharafiga nomlangan. Ammo uni yodga solib turuvchi asosiy ishi — bu “abadiy prezident” tomonidan ishlab chiqilgan chuchxe (o‘z kuchingga tayan) davlat mafkurasidir.

    Kim Ir Sen

    Kim Ir Sen
    Foto: 24SMI

    Kim Ir Sen (asl ismi Kim Son Chju) 1912-yilning 15-sentabrida dunyoga kelgan. “Chuchxe kalendari”ga muvofiq aynan shu sanadan KXDR xronologiyasi boshlanadi. Ir Sen — dohiyning haqiqiy ismi emas, balki inqilob vaqtida olgan taxallusi bo‘lib, “Ko‘tarilayotgan Quyosh” (bayram nomi ham shundan olingan) ma’nosini bildiradi. Umuman olganda Kim Ir Senning ko‘plab unvonlari bo‘lgan: Buyuk dohiy, Millat quyoshi, Yengilmas temir rahnamo, Buyuk respublika marshali, Insoniyat ozodligi garovi va u 1932-yilda yapon bosqinchilariga qarshi kurashda Xitoy partizanlar otryadiga komandir bo‘lganidan so‘ng o‘zini Kim Ir Sen deb atay boshlagan. Tez orada u qarshilik kuchlarining asosiy yetakchisiga aylangan.

    Kim Ir Sen armiyada

    Kim Ir Sen armiyada
    Foto: 24SMI

    Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 1948-yilda — yaponlardan ozod bo‘lib, 38-parallel bo‘ylab ikki qismga ajratilganidan so‘ng o‘zini mustaqil davlat sifatida e’lon qilgan. Shimolda Kim Ir Sen boshchiligidagi kommunistik rejim hukmronlik qilgan bo‘lsa, janubda esa Amerika tarafdori Li Sin Man davlatni boshqargan. Sin Man davlatni 12 yil boshqargan bo‘lsa, Kim 46 yil davomida hokimiyat tepasida qolib, atrofiga o‘z yaqinlarini to‘plagan. Davlatning markaziy roli 1972-yilda qabul qilingan va hozirda ham amalda bo‘lgan konstitutsiya orqali mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, unda Kim Ir Sen KXDR asoschisi, Milliy quyoshi deb atalgan.

    Shimoliy koreyaliklar uchun yana bir “qisqich” bu Kim Ir Sen tomonidan ishlab chiqilgan chuchxe — barcha ichki muammolarni faqat o‘z kuchiga tayangan holda yechishni nazarda tutuvchi siyosati bo‘lgan. Bu boradagi shior 1950-yillar oxirida paydo bo‘lgan va ko‘p o‘tmay marksizm-leninizmni o‘rnini egallab davlat ideologiyasiga aylangan. 1982-yilda Kim Ir Senning 70 yillik yubileyi munosabati bilan Pxenyanda Chuchxe mafkurasi monumenti o‘rnatilgan. O‘sha yilning o‘zida KXDR poytaxtida Triumfal arka qurilgan bo‘lib, uning barelyefiga sarkarda Kim Ir Sen haqidagi qo‘shiq o‘yib yozilgan. O‘sha yillarda “dohiy”ning ismi bilan bog‘lanmagan biror yodgorlik yoki yirik binoni uchratmaslikning imkoni bo‘lmagan.

    Kim Ir Sen haykali

    Kim Ir Sen haykali
    Foto: 24SMI

    Jamoatchilik nuqtai nazaridan, Kim Ir Sen davridagi KXDR fuqarolik erkinliklari deyarli yo‘q, qattiq senzura va xalqaro aloqalar uzilgan davlat edi. Shu bilan birga, mamlakatda jamiyat hayoti ustidan qat’iy totalitar nazorat o‘rnatildi. Sotsialistik lager qulagandan so‘ng, ko‘pchilik Kim Ir Sen rejimining yaqin orada qulashini bashorat qilishdi, ammo u mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatga qaramay, omon qoldi.

    Kim Ir Sen 1994-yilda 82 yoshida to‘satdan vafot etdi. Uning o‘g‘li Kim Chen Ir hokimiyatni meros qilib oldi va 2011-yilgacha — “abadiy prezident”ning nabirasi Kim Chen In mamlakatning yangi rahbari bo‘lguniga qadar mamlakatni boshqargan. Kim Ir Senning jasadi KXDR asoschisi hayoti davomida uning qarorgohi bo‘lgan “Kimsusan” yodgorlik majmuasidagi maqbarada joylashtirilgan.

    Kim Ir Sen va Kim Chen Ir

    Kim Ir Sen va Kim Chen Ir
    Foto: 24SMI

    Rossiya prezidenti Boris Yelsinning yuragidagi muammolar

    Bundan roppa-rosa 26-yil oldin 5-sentabrda Boris Yelsin televideniye orqali yuragini operatsiya qildirishga rozilik bildirganini ma’lum qilgandi. 5-noyabr kuni soat 06:45 da Yelsin o‘zining prezidentlik vakolatlarini Rossiya hukumati rahbari Viktor Chernomirdinga topshirgan.

    Boris Yelsinning yuragidagi muammo u ikkinchi marta Rossiya prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishga qaror qilganidan so‘ng kuchayib ketgan. Saylovlarning ikki turi orasida, ya’ni 26-iyun kuni Yelsin infarktni boshidan o‘tkazgan. 28-iyunda esa potensial saylovchilari qarshisida chiqish qila olmagan. Uning matbuot xizmati Yelsin shamollab qolganini ma’lum qilgan. Shundan keyin u ommaga Barvixda —  byulletenni qutiga tashlayotganida ko‘rinish bergan. Undan so‘ng ikki soatdan 16 daqiqaga qadar qisqartirilgan inauguratsiya marosimida chiqish qilgan. O‘shanda Rossiyaning saylangan prezidentining nutqi 45 soniya davom etgan xolos.

    Yelsin “Prezidentlik marafoni” kitobida o‘zining g‘alabasini “dori ta’min bilan erishilgan g‘alaba” deb atagan. Shu bilan birga, matbuotda turli mish-mishlar tarqay boshlagan: Germaniyaning Bild tabloidi Yelsin o‘ziga yurak donori qidirayotganini, Time jurnali esa Rossiya prezidenti Shveysariyadagi klinikada operatsiya qilinishini yozgan. Prezident matbuot kotibi Sergey Yastrjembskiy barcha gap-so‘zlarga keskin javob qaytaradi: “Prezident dispenser tekshiruvidan o‘tmoqda, ishlayapti, qo‘l siqib so‘rashishi oldingidek qattiq”. Shunga qaramay, baribir oson bo‘lmagan aortokoronar shuntlash operatsiyasini o‘tkazish kerak edi. Bu esa yana bir masalani yuzaga keltiradi, operatsiyani qayerda o‘tkazish kerak: xorijda, xususan, AQSHda Rossiyadan farqli o‘laroq shuntlash operatsiyasi oson o‘tkazilar, bir oqimga tushirilgan edi. Ammo Boris Yelsin o‘z yuragi va jonini Rossiyaga topshirishga qaror qildi.

    Foto: “Gazeta.ru”

    5-sentabr kuni OAV orqali prezident operatsiyaga rozilik bergani e’lon qilindi. Yelsin o‘ziga qo‘yilgan tashxis — “yurakning ishemik kasalligi” haqida gapirib, operatsiya Rossiyada o‘tkazilishini ma’lum qildi. Rossiya shu kunga qadar birinchi rahbarlarning bu qadar ochiq bayonotini ko‘rmagan edi. Sovet yetakchilari umrining oxiriga qadar sog‘lig‘iga oid muammolarni yashirib kelgan.

    Yelsinning ahvolidan xabar topgan rossiyaliklar unga ko‘plab maktublar yo‘llay boshlagan. Ayrimlar unga o‘z qonini berish taklifini ham bildirgan. Yelsin nomidagi Prezidentlik markazi arxivida unga kelgan ko‘plab samimiy telegrammalar saqlanib qolgan. Boris Nikolayevich doim “Yaxshi gap — eng yaxshi dori” ekanini ta’kidlab kelgan.

    Matbuotda operatsiya va uni amalga oshiradigan jarroh keng muhokama qilinadi. Asosan butun dunyoga mashhur kardiojarroh Maykl Debeykining shogirdi kardiojarroh Renat Akchurin ismi tilga olingan. Oxir-oqibat Akchurin konsultant sifatida taklif etilgan. Ta’kidlash kerakki, Yelsinga qadar Akchurin Viktor Chernomirdinni operatsiya qilgan. Yelsin operatsiya stoliga yotgach, mamlakatda qurayotgan demokratiya xavfi yuzaga kelishidan xavotirda ekanini yashirmagan.

    Operatsiya soat 07:00 da boshlanib, soat 14:00 da yakunlangan. Maykl Debeyki Kardiomarkazga soat 11:00 da yetib kelgan va monitor orqali operatsiya jarayonini kuzatib borgan. Shuningdek, Yelsinning rafiqasi va qizlariga ham monitor orqali kuzatib borishni maslahat berishgan, biroq ular rad etgan.

    Muvaffaqiyatli yakunlangan operatsiyadan ertasi kuni o‘ziga kelgan Boris Yelsin prezidentlik vakolatlarini qaytarib olish bo‘yicha qaror imzolagan. Renat Akchurinning so‘zlariga ko‘ra, Yelsin fenomenal darajada tez sog‘aygan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: AQSH askarlarining Mahmudiyadagi qotilligi, ilk bor efirga ketgan “CHGK” o‘yini va Rossiyadagi harbiylar uyidagi terakt. Kun xronologiyasida 4-sentabr

    05.09.2022, 09:30   Izoh (0)   54481
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kamchatkada 8 nafar sayyoh vulqonga chiqish chog‘ida halok bo‘ldi

    05.09.2022, 09:30

    Qozog‘istonda don narxi keskin tushdi — OAV

    04.09.2022, 22:35

    “Germaniya dekabrda Rossiya gazidan butunlay voz kechadi” — Shols

    04.09.2022, 19:56

    Shotlandiya rahbari agar Trass bosh vazirga aylansa, Britaniya uchun falokat bo‘lishini aytdi

    04.09.2022, 19:14

    Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari tufayli minglab odamlar evakuatsiya qilindi

    04.09.2022, 17:33

    Barak Obama “Eng yaxshi hikoyachi” nominatsiyasi bo‘yicha “Emmi” mukofotini oldi

    04.09.2022, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.