Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat 2022-yilning dekabrida Rossiya gazidan butunlay voz kechishi haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Germaniya kansleri Rossiyani ishonchli energiya ta’minotchisi emas, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarmayapti”.
Shols germaniyaliklarga “bu qishdan omon chiqishi”ni va’da qildi. Kansler inflyatsiya ortib borayotgani sababli Germaniya fuqarolariga 65 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatish haqida e’lon qilgan.
Rossiya “Shimoliy oqim 1” quvuri orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatganiga qaramay, 4-sentabr holatiga ko‘ra, Germaniya gaz omborlari 85 foizga to‘ldirilgan.
Izoh (0)