Yaponiyaning Okinava prefekturasida tayfun yuzaga keltirgan shamol sababli 3400 dan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda Okinawa Electric Power Co kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, NHK telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Miyakodzima shahrida 2920 ga yaqin xonadon, Miyako okrugidagi Tarama shaharchasida 330 ga yaqin xonadon, Isigaki shahrida 190 ga yaqin xonadon va Taketomi shahrida yana o‘nta xonadon elektr ta’minotidan uzilgan.
Bundan tashqari, Naxa shahrida ikki kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. 70 yoshli ayol qo‘li lat yeb kasalxonaga yotqizilgan, 80 yoshli erkak esa boshidan jarohat olgan, deb aniqlik kiritdi NHK.
Izoh (0)