“Bavariya” futbolchisi Tomas Myuller Germaniya Kubogi doirasida “Viktoriya”ga qarshi o‘yinda (5:0) maydonga tushdi.
32 yoshli Myuller myunxenliklar tarkibidagi o‘yinlari sonini 632 taga yetkazib oldi. 1965-yildan buyon bu natijaga faqatgina darvozabon Oliver Kan erishgan edi.
Tomas Myuller Kanning rekordini takrorladi. Futbolchi 2007-yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib keladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)