Mercedes-Benz kompaniyasi Rossiyadagi zavodini sotmoqda. Bu haqda o‘z manbaalariga tayanib “Kommersant” xabar berdi.
Gap Moskva yaqinidagi Esipovoda joylashgan Mercedes-Benz Manufacturing Rus kompaniyasiga tegishli zavod haqida bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan zavod uchun kelishuv yakuniy bosqichda va xaridor rus dileri bo‘ladi. Ayni paytda hujjatlar bilan bog‘liq muammolar mavjudligi uchun jarayan kechikmoqda.
Bundan tashqari Mercedes Moskva yaqinidagi ofis va xizmatlar joylashgan binoni sotmoqchi.
Mutaxassislarning fikricha, agar zavod sotilsa, xaridor undan Mercedes avtomobillarini yig‘ishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Avvalroq iyun oyida Yevropa Ittifoqida avtomobillari savdosi rekord darajada pasaygan edi.
Izoh (0)