AQSH chorshanba, 24-avgust kuni yakunlangan haftada kuniga 11 mln barreldan ortiq neft va qayta ishlangan mahsulotlar eksport qildi. Bu haqda AQSH Energetika vazirligi ma’lumotlariga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.
O‘tgan haftadagi ko‘rsatkich haftalik neft eksportini aniqlash boshlangan 1991-yilning fevralidan beri rekord darajada bo‘ldi. AQSH 2023-yilda energiya inqirozini yumshatish uchun tarixiy rekord darajada xom neft yetkazib bermoqchi.
Xorijiy dizel yonilg‘isi yetkazib berish 20 foizga oshdi va neft eksporti 2015-yildan beri birinchi marta ketma-ket ikkinchi haftada kuniga 4 million barreldan yuqoriladi.
Qo‘shma Shtatlar Rossiya nefti va gazi sotuvining qisqarishi natijasida yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida yonilg‘i yetkazib berishni kuchaytirmoqda. Yevropa AQSHning energiya eksporti uchun asosiy yo‘nalish hisoblanadi.
Avvalroq AQSH Germaniyaga birinchi marta oltingugurtli neft yetkazib bergani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)