2022-yilning yozida chet elda dam olishni afzal ko‘radigan rossiyaliklar orasida MDH mamlakatlari ommabop bo‘lmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Joriy yilning yozida rossiyaliklar xorijda dam olishdan ko‘ra mahalliy dam olishni afzal ko‘rishdi. Undan keyin esa MDH davlatlariga sayohat qilish ommabop bo‘lmoqda.
Yoz oylarida rossiyalik turistlar orasida talab eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar O‘zbekiston va Qozog‘iston bo‘ldi.
Turistlar Qozog‘istonga eng ko‘p pul sarflagan — bank kartasi bilan xarid qilish uchun o‘rtacha 10 ming rubl ( 1,8 mln so‘m).
O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 6,8 ming rublni (1,2 mln so‘m) tashkil qilgan bo‘lsa, Qirg‘izistonda 2 ming rubl (362 ming so‘m) bo‘lgan.
MDHdan tashqarida rossiyalik turistlar uchun eng mashhur davlatlar beshligi quyidagicha:
- Turkiya;
- Maldiv orollari;
- Isroil;
- Gretsiya;
- Tailand.
Izoh (0)