Alisher Usmonovning “Metalloinvest” kompaniyasi “Safisa” VIP banket zalini tadbirkorlar Vachagan Petrosov va Azik Ilishayevlarga sotdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
“Safisa” VIP banket zali bir necha bor o‘z egasini o‘zgartirgan. Usmonov kompaniyasi banket zalini bundan yetti oy avval 2022-yil yanvarida “Vi Xolding” prezidenti Vitaliy Mashchitskiydan sotib olgan edi. Mashchitskiy esa 2021-yilning yozida “Safisa”ning egasiga aylangan.
2005-yilda Cherkizovskiy bozorining sobiq egasi Telman Ismoilov tomonidan qurilgan Moskvadagi eng mashhur banket zallaridan biri 3 mingdan ortiq tadbirga mezbonlik qilgan, unda 100 dan ortiq yulduz san’atkorlar chiqish qilgan.
Billur qandillar, marmar pollar va zarhal zinapoyalarga ega ikki qavatli qasrda siyosiy bayramlar nishonlangan va milliarder oilalarning to‘ylari o‘tkazilgan.
“Safisa”ning umumiy maydoni deyarli 4 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Banket zalini sotib olgan Vachagan Petrosov va Azik Ilishayev “PVS va IAM” kompaniyasi asoschilari hisoblanadi.
Izoh (0)