Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi to‘yxona kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilindi.
Lot auksionga iqtisodiy sudlar hukmi bilan Sergeli tuman MIB tomonidan qo‘yilgan. 2009-yilda qurilgan ushbu 2 qavatli bino 29 ta xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,51 gektar. Binoning maydoni — 10 77 kvadrat metr. To‘yxonada gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan “Munavvar” to‘yxonasining boshlang‘ich bahosi — 4,08 mlrd so‘m. Arizalar 26-sentabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq auksionga qo‘yilgan eng arzon va eng qimmat avtomobillar ro‘yxati haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)