O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida 24-avgust kuni Toshkent shahrida SHHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, unda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar — O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, shuningdek, kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Belarus respublikalari mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda mudofaa sohasida davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, SHHT makonida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari, tashkilotga a’zo davlatlarning tahdid va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Shavkat Mirziyoyevning yig‘ilish ishtirokchilariga murojaatnomasini o‘qib eshittirdi.
Izoh (0)