Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti oldidan qurilish sohasidagi ishbilarmonlardan kelgan 200 ta murojaat va taklifning 90 foizi ijobiy hal etilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan olti oyda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 49 ta jismoniy va yuridik shaxsning murojaatlari kelib tushgan. Jumladan, prezident virtual qabulxonasi (“pm.gov.uz”) orqali 16 ta hamda bevosita uyushmaga 33 ta, shundan 6 ta yozma, 27 ta elektron shakldagi murojaat kelib tushgan.
Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 8 tasi qanoatlantirilgan, 4 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 21 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijroga yuborilgan. Prezident virtual qabulxonasi (“pm.gov.uz”) orqali kelib tushgan murojaatlardan 11 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
Izoh (0)