Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 26,6 million dollarga teng bo‘lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qildi.
Qayd etilishicha, qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan. 2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston — 47 ming tonna;
- Rossiya — 23,4 ming tonna;
- Qirg‘iziston — 14,4 ming tonna;
- Tojikiston — 9,3 ming tonna;
- Belarus — 1,9 ming tonna.
- Toshkent viloyati — 23,4 ming tonna;
- Farg‘ona viloyati — 12,8 ming tonna;
- Andijon viloyati — 11,4 ming tonna.
Izoh (0)