Naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy ravishda olib chiqishga bo‘lgan urinishlar hamon ko‘zga tashlanmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan 25 758 AQSH dollarini bojxona nazoratidan yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Unda fuqaro pullarni krossovkasi ichida folgaga o‘ralgan 6000 AQSH dollari, chemodani ichida shaxsiy kiyimlari orasiga joylashtirilgan 17 558 AQSH dollari hamda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda 2 200 AQSH dollarini qo‘shni davlatga olib chiqayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)