• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Majmua poydevori qurilishi boshlangan Uchinchi Renessans va oldingi tarixiy davrlar o‘rtasidagi ramziy ko‘prik bo‘ladi”. Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro turizm markazi ochilishidagi nutqi e’lon qilindi

    Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni Samarqand viloyatida Xalqaro turizm markazining ochilishiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etgani xabar qilingandi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining ushbu ochilish marosimidagi nutqini e’lon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Assalomu alaykum, hurmatli Samarqand ahli! Muhtaram mehmonlar!

    Bugun siz, azizlar bilan, barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Samarqandning yangi qiyofasini belgilab beradigan muhtasham majmua — “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimida uchrashib turganimdan xursandman.

    Xalqimizning aql-zakovati va fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan ushbu majmua Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi yana bir salmoqli, zafarli natija bo‘ldi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Qadimiy va navqiron Samarqand bag‘rida qad rostlagan mana shunday zamonaviy, ulug‘vor me’moriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin, buyursin!

    Aziz yurtdoshlar! Hammamizga yaxshi ma’lum, Samarqand milliy davlatchiligimiz va, umuman, jahon sivilizatsiyasi tarixida alohida o‘ringa ega. Ushbu boqiy shahar tariximizdagi ikkala Renessans davrining yuzaga kelishi va rivojida muhim rol o‘ynagan.

    Buyuk Amir Temur bobomiz o‘zi barpo etgan qudratli saltanat uchun aynan Samarqand shahrini poytaxt etib belgilagani ham, albatta, bejiz emas. Ushbu zaminda shakllangan qutlug‘ an’analarni izchil davom ettirgan holda Samarqandning qadimiy shuhratini tiklash maqsadida oxirgi yillarda uni yanada ko‘rkam va obod qilish, chinakam xalqaro turizm markaziga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

    Yangidan qurilib, bugun ochilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” markazi shu yo‘ldagi yana bir ulkan qadam bo‘ldi. Yiliga 2 million turistga xizmat qiladigan bu ko‘p tarmoqli markaz tarkibida “Boqiy shahar” majmuasi, Kongress holl, 8 ta zamonaviy mehmonxona, amfiteatr va ko‘plab boshqa obyektlar mavjud.

    Biz markaz loyihasini puxta ishlab chiqish uchun tajribali me’mor va muhandislardan iborat xalqaro jamoani jalb etdik. Ular tayyorlagan loyihani milliy me’morchilik va shaharsozlik tajribamiz, iqlim sharoitimizdan kelib chiqib, qayta-qayta muhokama qildik va takomillashtirdik. Bu ulkan markaz buyuk ajdodlarimiz bunyod etgan muhtasham me’moriy obidalarga munosib bo‘lib, ularning tarixiy an’analarini davom ettiradi. Ushbu majmua mamlakatimizda hozirgi paytda poydevori qurilishi boshlangan Uchinchi Renessans va oldingi tarixiy davrlar o‘rtasidagi ramziy ko‘prik bo‘ladi, deb ishonaman.

    Bunyodkor xalqimiz, yuqori bilim va tajribaga ega injener-mutaxassislarimiz, navqiron yoshlarimiz ana shunday g‘oyat murakkab va noyob loyihani amalga oshirish uchun xorijiy hamkorlarimiz bilan qo‘lni qo‘lga berib, fidokorona mehnat qildilar. Shu o‘rinda Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning yuksak malakali injener va texnik mutaxassislari qurilish jarayonida faol ishtirok etganini alohida qayd etish lozim.

    Fursatdan foydalanib, bugungi tantanali marosimda qatnashayotgan chet el diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillarini samimiy qutlab, O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotganlari uchun ularga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. Bundan keyin ham sizlarning sharafli faoliyatingizda davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, jumladan, turizm sohasidagi aloqalarni kengaytirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi, deb umid qilamiz.

    Qadrli do‘stlar!

    Ushbu yangi ko‘rkam majmuaga “Buyuk ipak yo‘li” deb nom berganimiz zamirida chuqur ma’no bor. Asrlar davomida Xitoyning qadimiy Sian shahridan boshlanib, dunyoning ko‘plab mamlakatlari hududidan o‘tgan va ko‘hna Rimga qadar yetib borgan bu ulkan savdo yo‘li jahon xalqlari o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy muloqot vositasi bo‘lib kelgan. Azim Samarqand esa Buyuk ipak yo‘lining asosiy manzillaridan biri bo‘lganini hammamiz yaxshi bilamiz.

    Shuni hisobga olib, biz yangi markazdagi binolarda Buyuk ipak yo‘li davriga oid tarixiy manzaralarni ham aks ettirdik. Masalan, “Boqiy shahar” majmuasi bezaklarida qadimiy Afrosiyob devorlarida saqlanib qolgan So‘g‘d davlati hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalandik. O‘ylaymanki, ana shu davlatlarning elchilari va xorijiy sayyohlar ham ushbu tasvirlar bilan tanishib, o‘z yurtlari tarixini shu yerda ko‘rgandek bo‘ladi.

    Biz Buyuk ipak yo‘li orqali rivojlangan ana shu tarixiy an’analarni, bugun taraqqiyot, madaniyat, do‘stlik va hamkorlik yo‘li sifatida qayta tiklashga intilmoqdamiz. Shu maqsadda dunyo hamjamiyati bilan turli sohalardagi aloqalarni kuchaytirish, mamlakatimizga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar, investitsiyalar, yangi, ilg‘or g‘oyalar kirib kelishi uchun sharoit yaratmoqdamiz. Umuman, “Buyuk ipak yo‘li” majmuasi O‘zbekistonning dunyoga keng ochilayotgan yana bir darvozasi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

    Muhtaram anjuman ishtirokchilari!

    Samarqandni yirik turizm markaziga aylantirishda “Boqiy shahar” me’moriy ansambli alohida muhim o‘rin tutadi. U kelgusida butun Samarqandning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi, deb ishonaman. Ushbu majmua har qanday sayyohni qadimiy afsonalar olamiga, tarixiy obidalar dunyosiga olib kiradigan tom ma’nodagi noyob loyihadir.

    Qadimiy uslubda barpo etilgan 14 ta hududimizga xos 40 ta hunarmandlik ustaxonasining har biri betakror qiyofaga ega. Qo‘li gul ustalar yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, ipak qog‘oz ishlab chiqarish, zargarlik va gilam to‘qish jarayonlari orqali sayyohlarning ko‘z o‘ngida mahorat darslarini olib boradilar. Xususan, Rishton kulolchiligi, Buxoro zardo‘zligi, Qoraqalpoq o‘tovi, Marg‘ilon atlasi kabi hunarmandchilik mahsulotlari sayyohlar uchun amaliy san’at durdonalari sifatida taqdim etiladi.

    Bu yerga qadam qo‘ygan inson nafaqat qadimiy Samarqand bag‘rida, balki butun O‘zbekiston zaminida yurgandek bo‘ladi, uning bor ulug‘vorligi va beqiyos jozibasini his etadi. Ushbu go‘zal maskanda 280 ming tup manzarali daraxt va butalar ekildi, 170 gektar yashil hududlar yaratildi. Albatta, markaz ishga tushishi natijasida yurtimizda turizm sohasini yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochiladi.

    Shu o‘rinda bir raqamga e’tibor bering. Bundan 3–4 yil oldin Samarqandga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar soni 500 ming nafardan oshmas edi. Hozirgi kunda turizmni rivojlantirish bo‘yicha islohotlarimiz, qulay investitsiyaviy muhit yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarimiz tufayli Samarqandga kelayotgan xorijiy turistlar soni 2 barobar ko‘paydi.

    Bu marrani yanada yuqori olish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Xususan, kelgusi yillarda Samarqandga keladigan xorijiy turistlar sonini 1,5 milliondan oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Shu maqsadda viloyatdagi 50 ga yaqin madaniy meros majmualarini restavratsiya qilish hamda 600 dan ziyod zamonaviy mehmonxona va mehmon uylarini barpo etish yuzasidan aniq rejalar qilingan. Shaharda jamoat transporti tizimi tubdan isloh etilib, elektrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

    Samarqandning havo darvozasi bo‘lgan aeroportni butunlay yangitdan barpo etganimiz, hech shubhasiz, turizmni rivojlantirish yo‘nalishidagi eng muhim ishlarimizdan biri bo‘ldi. Yangi aeroport bugun ochilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” markazini barpo etishdan ko‘zlagan maqsadlarimizga g‘oyat uyg‘un va hamohangdir.

    Aziz do‘stlar!

    Biz yil boshida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!” dasturini qabul qildik. Shu yo‘lda mana bugun Samarqand shahrida dastlabki katta natijalarni ko‘rib turibmiz. Kelgusida bunday zamonaviy majmua Buxoro shahrida ham barpo etiladi. Bu kabi loyihalarni respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirish bo‘yicha ham rejalarimiz bor. Shu tariqa mahalliy va xorijiy turistlar uchun mamlakatimizdagi 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yanada kengaytiriladi.

    Umuman olganda, ana shunday ishlarimiz tufayli kelgusi besh yilda mamlakatimizga keladigan sayyohlar sonini hozirgi 2 milliondan 9 millionga yetkazamiz. Eng muhimi, turizm sohasida mehnat qilayotganlar soni 500 mingdan oshadi. Ularni o‘qitish va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu bilim maskanida hozirgi kunda 6 ta davlatdan mingdan ziyod talaba o‘qimoqda, ularga xorijlik professorlar dars bermoqda. Bu yerda 20 mingga yaqin nodir adabiyotlar va qo‘lyozma asarlardan iborat zamonaviy kutubxona tashkil etilgan.

    Qadrli vatandoshlar!

    Yodingizda bo‘lsa, bundan bir necha yil oldin sizlar bilan birgalikda Samarqandni yana “Yer yuzining sayqali”ga, dunyodagi eng go‘zal va obod shaharlardan biriga aylantiramiz, deb niyat qilgan edik. Shu maqsad yo‘lida Imom Buxoriy bobomizning yodgorlik majmuasi to‘liq qayta qurilmoqda. Nasib etsa, bu tabarruk ziyoratgoh buyuk ajdodimizning musulmon olamidagi beqiyos obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib bo‘lgan ajoyib maskanga aylanadi.

    Aziz do‘stlar!

    Oldimizda katta-katta sanalar, yirik siyosiy, madaniy va ma’rifiy tadbirlar turibdi. Jonajon Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami tobora yaqinlashib kelmoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvi kabi nufuzli xalqaro tadbirlar ham yaqin oylarda aynan Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Kelgusi yilda esa qadimiy shahrimizda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishi va Jahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi ham o‘tkaziladi.

    Ana shunday ulkan anjumanlarni yuqori saviyada tashkil etishda bugun ochilayotgan yangi markazimiz ham samarali xizmat qiladi. Fursatdan foydalanib, Samarqand qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborgan ushbu qurilishlarni amalga oshirishda chin yurakdan, qalbidagi bor mehri va sadoqati bilan mehnat qilgan barcha quruvchi va mutaxassislarga, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilotlarga, chet ellik hamkorlarimizga, Samarqand ahliga, ko‘pmillatli butun xalqimizga minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

    Mana shunday go‘zal maskanlarimiz yanada ko‘paysin! Azim Samarqandimiz, jonajon O‘zbekistonimiz dunyo turguncha tursin! Barcha yutuqlarimizning ijodkori va bunyodkori bo‘lgan tanti va mehnatkash xalqimiz doimo omon bo‘lsin! E’tiboringiz uchun rahmat.

    Mavzuga doir: 

    • “Kelgusida bunday zamonaviy majmua Buxoro shahrida ham barpo etiladi” — Shavkat Mirziyoyev
    •  Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi ko‘rinishidagi sahna, o‘z qo‘shiqlari bilan barchaga manzur bo‘lgan Sami Yusuf, dronlar ishtirokidagi “Boqiy shahar yulduzlari” sahna ko‘rinishi — “Xalqaro turizm markazi” ochilish marosimidan fotoreportaj

    24.08.2022, 12:42   Izoh (0)   7219
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda yo‘l chetida turgan Nexia gaz balloni portlab ketdi

    24.08.2022, 12:24

    Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishi boshlandi (foto)

    24.08.2022, 12:16

    Toshkentda uylarga o‘rnatilgan 118 ta o‘t o‘chirish moslamasini o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

    24.08.2022, 12:14

    Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar Jamoatchilik kengashi a’zoligiga bir qator blogerlarni taklif qildi

    24.08.2022, 11:48

    “Ko‘rsatkichi nol, ishining tayini yo‘q, ammo kresloni bermaydi”. Toshkent viloyat XTB boshlig‘i bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichi past maktab direktorl...

    24.08.2022, 11:41

    Furqat Mahmudxo‘jayev Toshkent shahar Jamoatchilik kengashi raisligiga tayinlandi

    24.08.2022, 11:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.