Yengil vazn toifasida UFC sobiq vaqtinchalik chempioni Toni Fergyuson (26-7) o‘zining navbatdagi jangini UFC 279 musobaqasida o‘tkazadi.
10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan MMA oqshomida unga xitoylik Li Szinlyan (19-7) raqib bo‘ladi. Jang yarim o‘rta vazn toifasida kechadi.
Ushbu ma’lumotni UFC prezidenti Deyna Uayt tasdiqladi.
38 yoshli Fergyuson UFC’dagi so‘nggi to‘rtta jangni boy bergan (Jastin Getji, Charlz Oliveyra, Beneil Dariush, Maykl Chendler). Ungacha amerikalik jangchi ketma-ket 12 ta bahsni o‘z foydasiga hal qilgandi. Fergyuson oxirgi marta 2019-yilning iyunida g‘alaba qozongandi.
34 yoshli Szinlyan esa so‘nggi jangida Muslim Salixovni yenggandi.
Izoh (0)