“Chelsi” Angliya Premyer Ligasining 3-turida “Lids”ga yutqazib qo‘ydi (0:3).
“Lids” APL doirasida “Chelsi”ni 20 yil deganda ilk bor mag‘lub etdi. So‘nggi bor “oqlar” 2002-yilning 28-dekabrida londonliklar ustidan g‘alabaga erishgandi. O‘shanda “ko‘klar” 0:2 hisobida dog‘da qoldirilgan.
Shundan keyin “Lids” APL doirasida raqibiga besh marta yutqazdi, shuningdek, ikki bor durang natija qayd etilgan.
“Chelsi” so‘nggi bor “Lids”ga 1995-yilda yirik hisobda yutqazgandi: o‘shanda ham 0:3 hisobida.
“Chelsi” Tomas Tuxel qo‘l ostida uchinchi marta uchta to‘p farqi bilan yutqazdi. Avvalroq “Vest Bromvich” (2:5) va “Brentford” (1:4) bu natijaga erisha olgandi.
Izoh (0)