Jizzax viloyatida mast holatda avtomashina boshqarib yo‘l-patrul xizmati inspektoridan qochmoqchi bo‘lgan haydovchi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, spirtli ichimlik ichganlikda gumonlangan haydovchi YPX xodimlarining tekshiruvidan bo‘yin tovlab, voqea joyidan qochmoqchi bo‘lgan.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Izoh (0)