Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yer sotayotgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tuman IIB huzuridagi tergov guruhining xabariga ko‘ra, 8-avgust kuni shu tumanda yashovchi, O.O. viloyat IIBga ariza bergan. Unda Sariosiyo tumanida yashovchi O.Z. fermer xo‘jaligi yer maydonidan 22 sotix yerni har bir sotixini 800 dollardan jami 17 600 dollarga sotmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan.
Mazkur ariza yuzasidan viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning “Anorzor” mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Jarayon davomida O.Z. 22 sotix yer uchun 17 600 dollarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shundan so‘ng O.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)