O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi ochiq maydonlarda tashkil etiladi.
Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga (ruxsatnomada ko‘rsatilgan) belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda test sinovida ishtirok etish ruxsatnomasi bilan kelishi so‘raladi.
Avvalroq Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)