Davlat tender komissiyasi tomonidan Uzcard’dagi 75 foiz davlat ulushi mustaqil baholash tashkilotini jalb etib sotilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” (UzCard) ustav kapitalidagi tegishli banklar (5 ta davlat banki)ning jami 75 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan.
Mazkur ulushdan samarali foydalanish va sotish masalasi Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Jamiyatning boshqa ishtirokchilari tomonidan sotib olishdagi imtiyozli huquqdan foydalanilmasa, uni ommaviy savdolar orqali sotish choralari ko‘riladi va bu to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.
Avvalroq Uzbekistan Airways’ni xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)