Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonning Chennai shahri mezbonlik qilgan 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining so‘nggi tur bahslari 9-avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Shaxmat federatsiyasi

Foto: Shaxmat federatsiyasi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hal qiluvchi turda Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi.

Jahongir Vohidov o‘z partiyasini g‘alaba bilan yakunladi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindorov esa durang qayd etdi. O‘zbekiston 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur g‘alaba orqali O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi oltin medal masalasini hal qildi va o‘z tarixida ilk bor Olimpiada chempioniga aylandi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadada birorta turni boy bermagan yagona jamoa bo‘ldi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi shaxmat Olimpiadasida Nepal (4:0), Farer orollari (4:0), Sloveniya (3:1), Slovakiya (4:0), Peru (4:0), Germaniya (2,5:1,5), Armaniston (3:1) termalarini yutgan bo‘lsa, AQSH, Hindiston va Hindiston-2 bilan durang (2:2) o‘ynadi.

Avvalroq 2026-yilda o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qilishi ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi