Super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson Mayami aeroportida nogironlar aravachasida ketayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bu haqda “Chempionat” xabar qilmoqda.
Avvalroq 56 yoshli afsona hassaga tayanib yurgani xabar qilingandi. Sobiq bokschi nima sababdan bunday holatga tushgani bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
Tayson professional faoliyati davomida 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda Mayk raqiblarini muddatidan avval yenggan.
2020-yilning noyabrida “temir Mayk” sobiq jahon chempioni Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali jangda ishtirok etgandi. 8 raund davom etgan jangda durang qayd etilgandi.
Mavzuga doir:
- “Shukrki, Lennoks meni o‘ldirib qo‘ymadi”. Temir Maykning 20 yil avvalgi ayanchli mag‘lubiyati haqida
- “Jang 13 soniya davom etishi kerak: yaqinlashish uchun ikki, zarba uchun bir va hakamning sanog‘i uchun 10 soniya”. Mayk Taysonning eng mashhur iqtiboslari
- Dunyoni larzaga keltirgan jang. Mayk Taysonning ilk mag‘lubiyati haqida
Izoh (0)