“Barselona” hujumchisi Robert Levandovskining 70 ming yevrolik soati o‘g‘irlab ketilgan, deya xabar beradi Mundo Deportivo.
Voqea 18-avgust kuni “Barselona” bazasi yaqinida yuz bergan. Polshalik futbolchi mashg‘ulotlarga ketayotgan vaqtda, bazaning aylanma yo‘lida muxlislar uni kutib turgan. Guvohlardan birining ta’kidlashicha, o‘g‘ri telefonni o‘g‘irlamoqchi bo‘lib, avtomobilning eshigini ochgan.
O‘g‘rilik Levandovski uch nafar muxlisiga dastxat qo‘yib berish uchun mashina oynalarini tushirgan vaqtga sodir bo‘lgan, deya xabar beradi TV3 telekanali politsiyadagi manbalariga tayanib. Bu paytda to‘rtinchi kishi ichkariga otilib, qiymati 70 ming yevrolik Patek Phillippe soatini olib qochgan.
Levandovski o‘g‘rini ushlab, soatni qaytarmoqchi bo‘lgan, biroq u qochishga ulgurgan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Politsiya o‘g‘rini ushlashga yordam bergan. Jinoyatchi o‘z aybini tan olgandan so‘ng, politsiya soatni futbolchiga qaytargan.
Izoh (0)