So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -1°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Sport

    Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha jahon chempioniga aylandi

    29.12.2021, 01:10 59618

    Polsha poytaxti Varshavada shaxmatning rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 28-dekabr, seshanba kuni rapid yo‘nalishida g‘oliblar aniqlandi.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    Taybreykka qadar borgan musobaqada o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Nodirbek va uch nafar shaxmatchi Magnus Karlsen, Yan Nepomnyashiy, Fabiano Karuana 13 tur yakunlariga ko‘ra 9,5 ochkodan to‘pladi. Shundan so‘ng g‘olib nomini aniqlash uchun taybreykka murojaat qilindi.

    Taybreykda Abdusattorovga rossiyalik Yan Nepomnyashiy raqiblik qildi. Abdusattorov dastlabki raundni qora donalarda o‘tkazdi hamda unda durang qayd etildi. Keyingi partiyada o‘zbekistonlik shaxmatchining qo‘li baland keldi.

    Skrin: YouTube

    Skrin: YouTube

    Shu tariqa Nodirbek Abdusattorov 17 yoshida rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioniga aylandi.

    Nodirbek 10-turda 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratgandi. Shundan keyin ketma-ket 3 turda durang natija qayd etdi: 13-turda mezbon Yan Kshishtof bilan kuchlar teng kelgan bo‘lsa, 11-turda rossiyalik Vladimir Fedoseyev, 12-turda esa hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi qiyin o‘yinlar o‘tkazib, so‘nggi daqiqalarda vaziyatni o‘ngladi va durangga erishdi.

    Abdusattorov undan avvalgi turlarda Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Radoslav Voytashek, Boris Gelfandni mag‘lub etdi, Yan Nepomnyashiy va Aleksandr Grishukga qarshi bahslarda esa murosa yo‘lini tanladi.

    Ma’lumot uchun, ochiq Jahon chempionatining umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiladi. Blits yo‘nalishidagi bahslar 29—30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

    Nodirbek Abdusattorov 2017-yilda, 13 yoshida grossmeysterlik unvonini olgan. 2021-yil yanvar holatiga ko‘ra, Abdusattorov shaxmat tarixidagi eng yosh beshinchi grossmeyster bo‘lib turibdi. U 2018-yilda O‘zbekiston terma jamoasi safida Butunjahon shaxmat Olimpiadasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi va Prezident sovg‘asi — Spark avtomobilini qabul qilib olgandi.

    Qayd etish kerak, Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etgan ikkinchi o‘zbekistonlik shaxmatchiga aylandi. 2018-yilda 16 yoshli Shamsiddin Vohidov Sankt-Peterburgda norvegiyalik shaxmatchidan ustun kelgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda kuzatilayotgan sovuq havo anomal darajaga o‘tadimi? Iqlimshunos javob berdi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekiston aeroportlarida ayrim parvozlar jadvali o‘zgartirildi

    Kecha, 23:50

    Namanganda yigit o‘z uyidan mashinani yashirincha olib qochgani aniqlandi (video)

    Kecha, 23:30

    AQSH Yaqin Sharqda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish bo‘yicha chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamadi

    Kecha, 23:15

    “Shu ishni o‘ziga kasb qilib olganlar ham bor” — Bandixon hokimi boqimandalik haqida

    Kecha, 23:05

    O‘zbekistonlik 400 nafar hamshira Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuboriladi

    Kecha, 23:00

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    Kecha, 22:45

    Portugaliya prezidenti hukumatni iste’foga chiqardi

    Kecha, 22:42

    Guterrish: “HAMASning shafqatsizligi barcha falastinliklarni jazolash uchun asos emas”

    Kecha, 22:30

    Yil boshidan buyon 94 nafar jurnalist o‘ldirildi, 400 ga yaqini qamoqda

    Kecha, 22:22

    Tavsiya etamiz

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023

    Qarshida tirik qizaloq o‘liklar ro‘yxatiga tushib qoldi. Adliyaning viloyatdagi mas’ullari bunga FHDYO xodimlari aybdor demoqda

    13:00 / 07.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.