“Tolibon” harakati 15-avgust sanasini Afg‘onistonda o‘z hokimiyati o‘rnatilganining 1 yilligi munosabati bilan bayram kuni deb e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
24-Asad, dushanba, xijriy 1401-yil (qamariy taqvim), Afg‘oniston islom amirligi taqvimiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab dam olish kuni deb e’lon qilindi, — deb munosabat bildirgan Tolibon Mehnat va ijtimoiy ishlar vazirligi.Bundan roppa-rosa bir yil avval, mamlakatning 34 viloyatidan 33 tasini egallab olgach, 15-avgust kuni “Tolibon” Afg‘oniston poytaxti Kobulga hukumat qo‘shinlarining qarshiliklarisiz kirib keldi. Shundan so‘ng u yerdan sobiq prezident Ashraf G‘ani va uning Vazirlar Mahkamasi a’zolari qochib ketgan edi.
Mamlakatda hokimiyat qo‘lga kiritilganiga bir yil to‘lgan bo‘lsa-da, Tolibon tuzgan hukumatni haligacha dunyoning hech bir davlati rasman tan olmagan.
Mavzuga doir: Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga boradi
Izoh (0)