12-avgust kuni soat 10:30 lar atrofida Toshkent shahar Yunusobod tumani hududida tuman FV bo‘limi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda Qoraqamish ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qoraqamish kanalida 70 yoshli ayol suvda yordam so‘rab, oqib ketayotganligini ko‘rib qoladi.
Zudlik bilan qutqaruvchilar suvga tushib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan va fuqaroni suvdan olib chiqqan hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldini olib qolgan.
Ma’lum bo‘lishicha fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan.
Hozirda fuqaroning holati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan.
Izoh (0)