• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev avgust oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanayotgan Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida tabrikning to‘liq matni keltiriladi.

    Hurmatli quruvchi bunyodkorlar! Muhtaram faxriylar!

    Avvalo, siz, azizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ kasb bayramingiz – Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga yuksak hurmat-ehtirom va samimiy tilaklarimni bildiraman.

    Ma’lumki, mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda mazkur soha xodimlari – mohir quruvchi va me’morlar, mexanik va murakkab texnikalarni boshqarayotgan insonlar, loyihachi va dizaynerlar, qurilish sanoati vakillari va pudratchilarning mehnati hamisha muhim o‘rin tutib keladi.

    Ayniqsa, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida katta qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal olib borilayotgan, mamlakatimiz ulkan qurilish maydoniga aylangan hozirgi kunda sizlarning mas’uliyatli va sharafli mehnatingiz ko‘lami hamda ahamiyati tobora ortib bormoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Sizlarning timsolingizda shahar va qishloqlarimizda, butun yurtimizda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalari, muhim ijtimoiy obyektlar, zamonaviy uy-joylar, yo‘l va ko‘priklar barpo etib, hayotimizni yana-da go‘zal va obod qilishga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan olijanob kasb egalarini ko‘ramiz.

    Ushbu quvonchli ayyomda sizlarni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida e’zozlab, sha’ningizga eng yuksak ta’rif va tilaklarimizni izhor etamiz, fidokorona mehnatingiz uchun chin dildan tashakkurlar aytamiz.

    Qadrli do‘stlar!

    Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha islohotlarimiz markaziga inson qadri, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlash bosh maqsad qilib qo‘yilayotgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

    Ana shunday ulug‘vor vazifani amalga oshirishda boshqa sohalar qatori qurilish sohasi, uning ulkan imkoniyatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.

    Sohada olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida aholi punktlarini qurishga kompleks yondashuv, uy-joy, turli bino va inshootlar bilan birga ijtimoiy infratuzilma obyektlari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ta’lim, tibbiyot va madaniyat muassasalari, istirohat bog‘lari va xiyobonlar, favvoralar, bolalar maydonchalari va sport maskanlari bunyod etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Buning amaliy tasdig‘i sifatida 2022-yilgi Investitsiya dasturi bo‘yicha 1 ming 868 ta ijtimoiy obyektda keng ko‘lamli qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotganini ta’kidlash o‘rinlidir.

    Bu haqda so‘z yuritganda, loyihalari joylardagi aholimiz bilan bamaslahat ishlab chiqilgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari haqida alohida to‘xtalish lozim, deb o‘ylayman. Ushbu nomdagi jami 29 ta massivda 21 ming 312 xonadonga mo‘ljallangan 619 ta zamonaviy uy-joy, shuningdek, o‘nlab yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablari, tibbiyot muassasalari barpo etilayotganini misol qilib keltirish mumkin.

    Bu borada ko‘p qavatli uylar hamda muhandislik-transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari kompleks tarzda qurilayotgani, kelgusi besh yilda 250 mingdan ziyod oila zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joylar bilan ta’minlanishi albatta barchamizni xursand qiladi.

    Ayniqsa, aholini arzon va sifatli turar-joy bilan ta’minlash dasturlari doirasida namunali ko‘p qavatli uylar atrofida madaniyat va san’at markazlari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari va boshqa maskanlar barpo etilayotgani, “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 413 ta mahallaning bosh rejasi ishlab chiqilayotgani inson haqidagi e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy namunasidir.

    Hozirgi vaqtda mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati ham jadal rivojlanib bormoqda. Masalan, uy-joylar uchun qurilish materiallarining 95 foizi o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda. Bu esa yangi turar joylarning sifatli va mustahkam, tannarxi arzon bo‘lishini ta’minlaydi, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Bugun zamonning o‘zi qurilish sohasida ham yanada muhim va dolzarb vazifalarni oldimizga qo‘ymoqda. Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloqlarni tuman markazlari bilan bog‘laydigan zamonaviy yo‘llar qurish, namunaviy loyihalar asosida yangi bog‘cha va maktablar, oilaviy poliklinikalar barpo etish, bozor infratuzilmasi obyektlari va servis shoxobchalarini ko‘paytirish, aholi va pudrat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlarini qurilish materiallari bilan markazlashgan holda ta’minlash bo‘yicha samarali tizim yaratish, qurilish bozorini yangi innovatsion xizmatlar bilan to‘ldirib borish, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida hali ko‘p ish qilishimiz kerak.

    Ishonchim komil, o‘z ishining chinakam ustasi bo‘lgan mohir quruvchilar va mutaxassislar, sohada mehnat qilayotgan barcha insonlar o‘zlarining bor kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasini ana shunday ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishga safarbar etib, bundan buyon ham el-yurtimizga sidqidildan xizmat qiladilar.

    O‘z navbatida davlatimiz sizlarning yanada samarali faoliyat ko‘rsatishingiz, mamlakatimiz qurilish sohasi salohiyatini oshirish uchun kelgusida ham zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratib beradi.

    Siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

    Qo‘lingiz hech qachon dard ko‘rmasin, mehnatingizning rohatini ko‘ring, aziz bunyodkorlar!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    13.08.2022, 19:09   Izoh (0)   11980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda fuqaroga IIB xodimlari kuch ishlatgani aytilgan xabarga munosabat bildirildi

    13.08.2022, 18:33

    Qashqadaryoda OTMga kirish imtihonlarida telefondan foydalangan abituriyent kuzatuv kamerasiga tushib qoldi (video)

    13.08.2022, 16:52

    Toshkent va Andijon viloyatlarida OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘lik noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi

    13.08.2022, 15:30

    O‘zbekiston bo‘ylab qancha sport inshootlari mavjud ekani ma’lum qilindi.

    13.08.2022, 14:50

    Buxoroda marixuana sotayotgan 20 yoshli yigit ushlandi

    13.08.2022, 13:49

    O‘zbekistonda AKT sohasidagi o‘quv kurslari uchun ta’lim krediti ajratiladi

    13.08.2022, 12:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10

    Rossiya NATO chegarasidan 25 km uzoqlikda ulkan obyekt qurmoqda (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 17:08

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.