• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Muxlisni siltab tashlagan Shohjahon Jo‘rayev, tomoshabinga tarsaki tushirgan Alisher Uzoqov: San’atkorlarni qanday holatlar asabiylashishga majbur qiladi? (video)

    Aslida san’atkorning mavqeyini muxlislar belgilab beradi. Ammo ba’zida san’atkor va muxlislar orasida ham nizoli vaziyatlar bo‘lib turadi. Quyida “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova san’atkorlarni jig‘ibiyron bo‘lishga majburlaydigan holatlar haqida so‘z yuritadi.

    Kaniza Bo‘stonliqdagi to‘yda nega janjal ko‘targandi?

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Hamisha shou-shuvlar markazida bo‘ladigan xonanda Kaniza to‘yxonada muxlisini haqoratlagani aks etgan videosi tarqalgandi. Bu to‘y 2021-yilning noyabr oyida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tgandi. Video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi va internet kuzatuvchilari xonandani tarbiyasizlikda ayblashdi.

    — To‘yxonaga yaxshi kayfiyatda borganmiz. Bir erkak cho‘ntagi yo‘q shimimga pul qistirmoqchi bo‘ldi. Tabiiyki, bu menga yoqmadi. Unga e’tibor bermay qo‘shig‘imni aytayotganimda, menga haqorat qilayotganini eshitib qoldim. Chunki u o‘tirgan stol bilan mening turgan yer bir-biriga ancha yaqin edi. Qo‘shiqni tugatgach. Chiroyli ogohlantirish berdim. Ammo u istaganidek so‘kdi. Tarqalgan videoda “o‘zing shunaqasan”, degan gapni ko‘p ishlatganman. Chunki men emas, avval u kurakda turgaydigan gaplar bilan so‘kingandi. Ikki tomonni bilmay turib, xulosa qilish oson. Ammo biz demokratik jamiyatda yashamayapmiz, ayol kishini so‘kish, haqorat qilishga hech kimning haqqi yo‘q, — deydi xonanda Kaniza.

    Shohjahon Jo‘rayevni asabiylashtirgan holat

    Foto: Instagram / @shohjahon_djurayev

    Foto: Instagram / @shohjahon_djurayev

    Xonanda Shohjahon Jo‘rayev to‘ylarning birida qo‘lini yelkasiga qo‘yib suratga tushmoqchi bo‘lgan yigitni siltab tashlagani aks etgan video tarqalgandi. Ijodkorning qiyofasidan anglash mumkinki, muxlislarning bunday xatti-harakati xonandaga yoqmaydi.

    Bundan tashqari, u Instagram'da uni kuzatadigan negativchilarga ham murojaat yo‘llagandi.

    — Instagram'ga o‘zining suratini joylamay, ismini yozmay, profilini berkitib xohlagancha so‘kinib, odamlarga aql o‘rgatadiganlar haqida gapirmoqchiman. Ular shariat va dindan gapirib, o‘zidan ulamoni yasavolib hammaning g‘ashiga tegishni yig‘ishtirishsa bo‘lardi. Juda jonga tegishdi. Shunday insonlarning farzandi bordir, o‘ziga qaytib qolishidan qo‘rqmasmikan?! O‘zingizning ham oxiratingizni o‘ylang. Yoqmayaptimi yo‘qol mening profilimdan, — deb qo‘pol murojaat qilishga majbur bo‘lgan xonanda Shohjahon Jo‘rayev.

    Halimaxonim: “Gap ko‘tarolmayman, gaplaring bormi?”

    Komik aktrisa Halimaxonim ham ko‘p marta muxlislari bilan tortishib qolgan. U Instagram'dagi jonli muloqot vaqtida kuzatuvchilarining gapi uchun qo‘pol muomala qilgan.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Hamma o‘zicha aqlli, kelib yuzimga aytishga “duxi” yetmay Instagram'dan yozadi. “Ozishga harakat qilsez bo‘miydimi?”, “Eringiz sizni qanday xotin qilib yuribdi?”, “O‘g‘lingizni ko‘zini ko‘rsatsangiz bo‘lmaydimi?” — xullas mana shunaqa nafsoniyatga tegadigan gaplar. Gap ko‘tarolmayman, gaplaring bormi deyman? Semiz bo‘lsam kimga og‘irligim tushyapti? Hech kim, shunday ekan hamma o‘zini bilsin. Hamma uchun onasi qadrli bo‘lganidek men ham farzandlarim uchun xuddi shundayman. Meni nafaqat hayotda, internetda ham kamsitishga hech kimning haqqi yo‘q. O‘sha odamlar juda aqlli bo‘lsa, o‘zini oilasiga va bolalariga e’tibor bersin! Internetda sher bo‘lib gap chaynarvermaydan, — deydi komik aktrisa Halimaxonim.

    Feruza Normatova: “Farosatni ishlataylik”

    Foto: Instagram / @feruzanormatova

    Foto: Instagram / @feruzanormatova

    Aktrisa Feruza Normatova esa ko‘cha-kuyda uni ko‘rib, birga suratga tushishishini so‘rayotgan yigilarga murojaat qilgan.— Ro‘mol o‘rab, begona erkaklar bilan rasmga tushmayman-ku. Ozgina farosatni ishlatish kerak. Shuning uchun ko‘cha-kuyda meni ko‘rib qolsangiz, yonimga “Rasmga tushaylik”, deb kelmanglar, — dedi aktrisa Feruza Normatova.

    Alisher Uzoqov tomoshabinga tarsaki tushirgani haqida...

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Alisher Uzoqov esa teatrda rol ijro etayotganida madaniyatni bilmagan tamoshabinga tarsaki tortib yuborgan. Bu holatdan nafaqat tomoshabinlar, balki aktyorning hamkasblari ham hayron bo‘lishgan.

    — “Diydor” teatr studiyasi kichkinagina, aktyor va tomoshabinlar orasi juda yaqin. Jiddiy spektakl namoyish etilayotganda birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabin kulib o‘tiribdi. Unga ogohlantirish berish uchun balandroq ovozda gapirdim. Ammo u kulishda davom etdi. Uning harakatlari yomon ta’sir qilayotgani uchun yoniga borib beixtiyor tarsaki tortib yuborganman. Ammo eng qizig‘i sahna ortida bo‘lgan. Portnyorim Akbarxo‘ja boshqa hamkasblarimizga “Alisher aqldan ozib qolibdi. Old qatorda o‘tirgan tomoshabinni urdi”, debdi. Men esa spektakl yakunlangunga qadar qaltirab, o‘zimni yomon his qilganman, — deydi aktyor Alisher Uzoqov.

    Lola Ahmedova nega muxlisini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirgan?

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedova ashaddiy muxlislaridan birini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizishga majbur bo‘lgan. Buning boisi, muxlis xonanda bilan munosabatlari haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bilan shug‘ullangan. U gazeta va televideniyega xonanda haqidagi bo‘htonlarni yozib, agar murojaatiga bee'tibor qarashsa sudlashish bilan tahdid qilgan.

    Foto: Instagram / @lolaahmedova

    Foto: Instagram / @lolaahmedova

    — Bu inson bilan ro‘baro keldim. Suhbatlashdim. O‘zimni ko‘rsa, sen bilan ishim yo‘q, deydi. Lekin biz buning tagiga etganimizda u kishining ruhiy nosog‘lom ekanligini aniqladik. Yoki bu ish kimgadir kerakmikan? Buni vaqt ko‘rsatadi. Bu insondan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirganimizdan so‘nggina qutuldik. U haqiqatan ham nosog‘lom, noadekvat inson.

    U inson mening muxlisim bo‘lganida, tinchimni buzmasdi. U tufayli ancha ovora bo‘ldim, asablarim buzildi. Prokuratura xodimlariga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. U achinishga loyiq. Uning onasi bilan suhbatlashishganida, “O‘g‘lim Lolaning muxlisi, uni yaxshi ko‘radi, men hech narsa qilolmayman’”, degan ekan,— degandi xonanda Jasur Hamroyevga bergan intervyusida.

    Yulduz Usmonovani asabiylashtirgan parda mojorosi

    Yulduz Usmonova 2022 yilning 12-mart kuni o‘tkazilgan yakkaxon konsertida texnik nosozlik sabab pardaning ko‘tarilmay qolgani va ayrim muxlislar bunga e’tiroz bildirgach, xonanda ularga qo‘pol gapirib yuborgani haqidagi video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    — Voqeani bilmay turib, baho berish oson. San’atkorni madaniyatsizlikda ayblashdan avval “Voqea nega bunday tus olgandi, nega xonanda qattiq asabiylashdi?” deb o‘ylab ko‘rish kerak. Jonli ijroda kuylayotgan xonandaga zaldagi notinchlik halal beradi. Chunki butun konsert repertuarini eslab qolish osonmas. Parda ko‘tarilayotganida unga kaftdek taxta tiqilib qolgan. Sahna ishchilaridan biri yugurib saroyning eng yuqori qavatiga chiqqan. Hatto, shoshilib pardani ko‘taraman deb oyog‘ini tutgich kesib yuborgan. Ammo bu holatni tomoshabinlar bilmay, bizdan ranjishdi. Yulduz opangiz ham qattiq asabiylashdi, — deydi xonandaning turmush o‘rtog‘i va konsert prodyuseri Mansur Agaliyev.

    Mavzuga doir:

    • “Shoirni nima jin urdi bilmayman, birdan o‘zgardi” — Mansur Agaliyev Yulduz Usmonovaning shoir bilan mojorosi qanday yakun topganiga oydinlik kiritdi (video)
    • Yulduz Usmonovaning eri shov-shuvli “parda voqeasi” aslida qanday bo‘lgani va konsert xarajatlariga oydinlik kiritdi (video)
    • Irqchi, zo‘ravon va qoidabuzar: Gollivudda nomaqbul ishlari uchun qora ro‘yxatga kiritilgan yulduzlar (foto)
    • Ashaddiy muxlislari ta’qibiga uchragan mashhurlar (foto)
     

    12.08.2022, 20:38   Izoh (0)   40745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tubanlik”dagi Qo‘chqorbek — Egamberdi Rahimov teatrdan “non” topolmagani va katta gonorar talab qilishining sabablari haqida so‘zlab berdi (foto, video)

    12.08.2022, 16:46

    Aktrisa Zinnura nomaqbul takliflar tufayli 60 ta kastingga borishga majbur bo‘lgani, kinodagi faoliyatini to‘xtatgani hamda oylik daromadi haqida (video)

    12.08.2022, 14:43

    Aka Sharif — Tolib Hojiyev bir vaqtlar pul topish uchun massajchilik qilgani, g‘isht quygani hamda bir o‘limdan qolgani haqida (video)

    12.08.2022, 12:50

    Instagram: Qoraqalpoq yoshlariga 50 mln so‘m bergan Yulduz Usmonova, nevarali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, telefonini qaytarganga mukofot e’lon qilgan Parizoda

    11.08.2022, 22:16

    “Yillar davomida gaplashmagan bo‘lsak-da, bir-birimizga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdik”. Amir Xon Juhi Chavla bilan do‘stligi haqida

    11.08.2022, 19:17

    Foto: Jennifer Lopez va Ben Afflekning yangi uyi qanday ko‘rinishga ega?

    11.08.2022, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi 2025-yilda yashash uchun eng qulay shahar ma’lum qilindi

    Dunyo | 19 iyun, 07:30

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.