• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Tubanlik”dagi Qo‘chqorbek — Egamberdi Rahimov teatrdan “non” topolmagani va katta gonorar talab qilishining sabablari haqida so‘zlab berdi (foto, video)

    Aktyor Egamberdi Rahimov tomoshabinlarga “Tubanlik” filmidagi o‘z qizini yoshi katta mullaga turmushga bergan Qo‘chqorbek roli bilan  yaxshi tanish. U aktyorlik faoliyatida ancha kamnamo bo‘lib qoldi.  Ayrimlarning fikricha, u san’atdan ketib, tabiblik bilan shug‘ullanayotgan ekan. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova bunga oydinlik kiritdi.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    — “Nega filmlarda kamnamosiz?” degan savolni aslida menga emas, rejissorlarga berish kerak. Aktyor ular taklif etsagina, rolni ijro etadi. Keyin avvalgidek filmlar ko‘p emas. Taklif etilganiga borib, ssenariy bilan tanishib ko‘raman. Ssenariy va gonorar summasi ma’qul bo‘lsagina, rozilik beraman. Qolgan payt esa sevimli mashg‘ulotlarim bilan bandman. Ayrimlar o‘ylaganidek, tabiblik bilan shug‘ullanayotganim yo‘q. Ammo tabobatga juda qiziqaman. Sun’iylikdan ko‘ra, Yaratgan ne’matlari bilan sog‘lom bo‘lish tarafdoriman. Bu sohaga qiziqishim avvaldan bo‘lgan. Uning ijodga hech qanday ta’siri yo‘q.

    Egamberdi Rahimov qimmat aktyor hisoblanadi. U yuqori gonorar so‘ragani uchun ko‘pchilik ijodkorlar u bilan hamkorlik qilishga cho‘chishadi. 

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    — Men uchun ssenariy va gonorar summasi muhim ahamiyatga ega. Sababi aktyor ham hamma qatori inson. Uning ham ro‘zg‘ori, kam-ko‘sti bor. Agar olgan gonorarimga bozorga kirib, ikkita xalta ro‘zg‘orlik qilolmasam, ijodning qadr-qiymati qoladimi? Uch-to‘rt yil oldin teatrda ishlaydigan yaqin tanishim qo‘ng‘iroq qilib “Rossiyadan bir akamiz kelyapti, hech ishdan bo‘sholmayapman, ikki kun shu inson bilan shahar aylanolasizmi?”, deb iltimos qildi. Rozi bo‘lib, mehmonga yangi Toshkentni ko‘rsatdim. U ijodkorlarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rdi, suhbatda bo‘ldi. Ketar chog‘ida “Ijodkorning qadri yo‘q ekan, zavod ishchisi bilan bir xil oylik olarkan”, dedi. Haqiqatan ham ijodkorlarga to‘lanadigan gonorar ancha kam.

    Aktyor bir necha yil avval teatrlarda ham faoliyat yuritgan. Ammo qandaydir sabab bilan teatrdan ketishga qaror qilgan. Buning sababini u quyidagicha izohladi. —  “Yosh tomoshabinlar” va “Ilhom” teatrlarida ishlaganman. Ammo oyliklarning kamligi bois teatrdagi faoliyatimni yakunlashga majbur bo‘lgandim. Hozir teatrlardagi ahvol qandayligini bilmadim-u, avval havas qilgudek emas edi. Oyliklar kam, sharoit deyarli yo‘q bo‘lgani uchun teatrda ishlash oson emasdi. “Ilhom” teatridagi vaziyat o‘sha vaqtda ham o‘zbek teatrlariga nisbatan ancha yaxshiroq edi. “Yosh tomoshabinlar teatri”da aktyor kiyimidan tortib, rekvizitini topishga ham o‘zi mas’ul edi. “Ilhom”da esa aktyor faqat roli haqida qayg‘urardi. Teatrda ishlash juda qiyin. Shunga yarasha ijodkor ham rag‘batlantirilsa yaxshi bo‘ladi.

    Hozirgi kunda ko‘pchilik ustoz aktyorlar ham seriallarda yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun olinayotgan roliklarda suratga tushmoqda. Bu borada sizga ham takliflar bo‘ldimi, degan savol aktyorni biroz o‘ylantirib qo‘ydi. 

    — Taklif qilishadi, pulning ortidan quvmay, ilmning ortidan boradigan yoshga yetdim. Pul berar ekan, ekranda ko‘rinar ekanman, deydigan yoshda emasman. Deyarli televizor ko‘rmayman, chunki ko‘rsam jahlim chiqishini bilaman. Hamma rejissorlarni yomon deyolmayman, avvaldan yaxshi kino va serial olib yurganlar ko‘p. Ammo serial olayotganlarning ko‘pchiligi faqat pul topish dardida shu ishga qo‘l urishyapti. Ular homiy topishni, firmadan firmaga pul o‘tkazishni qoyillatishadi, ammo ijodga kelganda — hammasi yumaloq yostiq bo‘lib ketadi.Ba’zida esa soqolim borasida tortishib qolamiz. Men ikkinchi kursda o‘qiyotganimdan beri soqol o‘stiraman. Umrim mobaynida bir marta davlat tadbiriga taklif etishganida uni olganman. Xullas, kino olinguniga qadar muzokaralar ko‘p bo‘ladi.

    Ilmning erta-kechi yo‘q. Inson hamisha ilm olishi, muqaddimamiz va yakunimiz qanday bo‘lishini anglab yetmog‘imiz lozim. Yoshgina bola edim, ikkinchi o‘g‘lim tug‘ilganida kap-katta erkak bo‘lib qolganimni angladim. Hozir esa bolalarimning bolasini ko‘rib, umrimning ancha qismini bosib o‘tganimni anglayman.

    Mavzuga doir:

    • “Islom dini va chin musulmonlarga qarshiligim yo‘q”. Hilol Nasimov janozasiga kelmaydigan hamkasbi hamda filmlari qahramonlarining prototiplari haqida (video)
    • “Tubanlik”dagi Dilroz — aktrisa Ziyoda Xudoyqulova nega kinoni tark etdi? (foto)
    • Matyoqub Matchonov davlat ishidagi 3 mln oylik bilan qanday qilib 120 ming dollarlik BMW’da yurgani hamda kinolarda ko‘rinmay qolishining sababi haqida (video)
    • “Boshida Jahongir Ahmedovdan ranjidim”. Matyoqub Matchonov “Ilhaq” filmidagi rais rolini ijro qilmoqchi bo‘lgani, ammo shogirdi rolni unga bermagani sababi haqida (video)

    12.08.2022, 16:46   Izoh (0)   39041
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktrisa Zinnura nomaqbul takliflar tufayli 60 ta kastingga borishga majbur bo‘lgani, kinodagi faoliyatini to‘xtatgani hamda oylik daromadi haqida (video)

    12.08.2022, 14:43

    Aka Sharif — Tolib Hojiyev bir vaqtlar pul topish uchun massajchilik qilgani, g‘isht quygani hamda bir o‘limdan qolgani haqida (video)

    12.08.2022, 12:50

    Instagram: Qoraqalpoq yoshlariga 50 mln so‘m bergan Yulduz Usmonova, nevarali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, telefonini qaytarganga mukofot e’lon qilgan Parizoda

    11.08.2022, 22:16

    “Yillar davomida gaplashmagan bo‘lsak-da, bir-birimizga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdik”. Amir Xon Juhi Chavla bilan do‘stligi haqida

    11.08.2022, 19:17

    Foto: Jennifer Lopez va Ben Afflekning yangi uyi qanday ko‘rinishga ega?

    11.08.2022, 16:50

    Masjidda farrosh, yotoqxonada qorovul, Rossiyada idish yuvuvchi, “Qalpoq”da Sohiba. Ikki bolasini boqish uchun kurashayotgan professional aktrisa haqida (video)

    11.08.2022, 14:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.