• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yaponiyada hukumat a’zolarining katta qismi almashtirildi

    Yaponiya hukumati tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno, tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi, moliya vaziri Syuniti Sudzuki, davlat yerlari, transport, infratuzilma va turizm vaziri Tetsuo Sayto va iqtisodiy qayta tiklanish vaziri Daysiro Yamagiva (u, shuningdek, koronavirusga qarshi kurash shtabiga boshliq bo‘ladi va startaplarni ilgari surish bo‘yicha mas’ulga aylanadi) o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.

    Hukmron partiya siyosiy kengashi raisi, hukumatdagi ikki ayoldan biri Sanae Takaiti iqtisodiy xavfsizlik vaziri lavozimini egalladi, uning o‘rinbosari Yasuxiro Xanasi esa adliya vaziriga aylandi. Takaitining o‘rnini shu paytgacha iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri bo‘lib kelgan Koiti Xagiude egallaydi. Vazirlar mahkamasidagi ikkinchi ayol — Nagaoka Keyko ta’lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vaziriga aylanadi.

    Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga uchinchi marta Katsunobu Kato rahbar bo‘ldi. Yasukadzu Xamada mudofaa vaziri Nobuo Kishining o‘rnini egallaydi, u esa, o‘z navbatida, bosh vazirning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisiga aylanadi. Bosh vazir yordamchisi Minoru Terada esa ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri lavozimini egallaydi. Ayni paytga qadar koronavirusga qarshi kurash choralari uchun javobgar bo‘lib kelgan va ilgari iqtisodiy rivojlanish vaziri lavozimida ishlagan Yasutosi Nisimura iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziriga, shuningdek, Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik uchun javobgar vazirga aylanadi.

    Liberal-demokratik partiya rahbariyatida bosh vazir o‘rinbosari Taro Aso va partiya bosh kotibi Tosimitsu Motegi o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.

    Hukumat a’zolari Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan ma’qullash marosimidan so‘ng o‘z lavozimlarini egallaydi.

    Eslatib o‘tamiz, Yaponiya hukumati bugun, 10-avgust kuni ertalab iste’fo berdi. Bosh vazir Fumio Kisida jamoatchilik ishonchi pasayib ketgani tufayli o‘z vazirlar mahkamasini qaytadan shakllantirmoqchi. Shuningdek, bosh vazir ba’zi hukumat a’zolarining “Birlashuv cherkovi” diniy mazhabi bilan aloqalari yuzasidan ayblovlardan qochishga intilmoqda, ushbu mazhab Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe o‘ldirilganidan keyin aholi e’tiborini tortdi.

    Yaponiya hukumatidagi bo‘lg‘usi o‘zgarishlar haqida o‘tgan haftadayoq ma’lum bo‘lgandi. 6-avgust kuni bu haqda Kisidaning o‘zi e’lon qilgandi.

    Ayni vaqtda Asahi Shimbun gazetasi siyosiy jamg‘armalar kirim-chiqimlari haqidagi hisobotga tayangan holda qayd etishicha, yangilangan vazirlar mahkamasining kamida uch a’zosi “Birlashuv cherkovi” bilan bog‘liqdir.

    Ushbu sektani joriy yil iyulida Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abeni o‘ldirgan Nara shahrining 42 yoshli fuqarosi Tetsuya Yamagami tanqid qilgan edi. Uning fikricha, siyosatchi ushbu mazhabga aloqador bo‘lgan. Erkakning onasi tashkilotga o‘z pullarini o‘tkazgani tufayli, unga nisbatan alamzada bo‘lgan. Kyodo ma’lumotlariga ko‘ra, ayol “Birlashuv cherkovi”ga qariyb 100 million iyena (720 ming dollar) xayriya qilgan.

    Tetsuya Yamagamining tog‘asi aytib berishicha, ayol 1990-yillarda turmush o‘rtog‘i o‘z joniga qasd qilganidan keyin sektaga tushib qolgan. Ayol erining o‘limidan keyin to‘langan sug‘urta pullarini, shuningdek, oilaviy ko‘chmas mulklar sotuvidan tushgan pullarni unga xayriya qilgan. Yamagami esa oilada pul yetishmovchiligi tufayli o‘qishini tashlashga majbur bo‘lgan. Cherkovning o‘zidagilar esa 50 million iyenani qaytarib berganliklarini ma’lum qilishdi, Yamagamining onasi nomidan qilingan xayriyalar haqida hech qanday qaydlar bo‘lmaganini ham qo‘shib qo‘yishdi. Uning tog‘asi tashkilotni javobgarlikdan qochishga urinishda aybladi.

    10.08.2022, 16:08   Izoh (0)   5119
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH Ukrainaga 90 million dollar mablag‘ ajratadi

    10.08.2022, 15:34

    AQSH Belarusning 100 nafar amaldori uchun viza cheklovlarini e’lon qildi

    10.08.2022, 15:09

    Xitoy Tayvanni kuch bilan bosib olish variantini istisno qilmadi

    10.08.2022, 13:28

    Finlyandiya parlamenti veb-saytiga xakerlar tomonidan buzib kirildi

    10.08.2022, 13:12

    Jo Bayden Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokollarni imzoladi

    10.08.2022, 13:05

    Rossiya Zaporojye AES o‘qqa tutilishi yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashi majlisini o‘tkazishni talab qildi

    10.08.2022, 12:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.