Davlat departamentiga ko‘ra, AQSH hukumati Ukrainaga minalarni tozalash va portlamagan o‘q-dorilarni yo‘q qilishga yordam berish uchun 89 million dollar ajratadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bu mablag‘ 100 ta minadan tozalash guruhini o‘qitishga, shuningdek, zarur texnik jihozlarni xarid qilishga va minalardan tozalash vositalarini tayyorlashga yo‘naltiriladi.
Ukraina hukumatiga ko‘ra, mamlakatda minadan zararsizlantirilmagan 160 ming kv/km maydonni tashkil etadi.
Mavzuga doir: AQSHning Ukrainaga 1 mlrd dollarlik harbiy yordam paketiga HIMARS va Javelin uchun raketalar kirdi
Izoh (0)