Finlyandiya OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba (9-avgust) kuni Finlyandiyada xakerlar guruhi mamlakat parlamenti veb-saytiga buzib kirgani aniqlangan. Hozirda sayt bir necha soatdan beri ishlamayapti. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Biz hukumati NATOga a’zo bo‘lishni juda istaydigan qo‘shni Finlyandiyaga “do‘stona” tashrif buyurishga qaror qildik, — deyiladi NoName057(16) ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotda.Hujum mahalliy vaqt bilan 14:30 da (Toshkent vaqti bilan 16:30) uyushtirilgan, biroq soat 21:00 ga kelib ham sayt haligacha o‘z faoliyatini tiklamagan.
OAV xakerlar guruhini rossiyaparastlar deb atamoqda. Ma’lum qilinishicha, ushbu guruh avvalroq Polsha, Litva va Norvegiya davlat muassasalariga ham kiberhujumlar uyushtirgan.
Mavzuga doir: Finlyandiya AQSH harbiy-dengiz kuchlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Izoh (0)