Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistonda kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabul muddati 15-avgustga qadar uzaytirilganini e’lon qildi.
Kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabuli 20-iyulga qadar etib belgilangan edi. Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, bitiruvchi yoshlarning kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishini inobatga olib, ularga bu borada kerakli shart-sharoit yaratish maqsadida hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, hujjatlar kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Platformaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma’lumotlari, 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
Izoh (0)