O‘zbekistondagi akademik litseylarga kirish test sinovlari 22-avgust kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Kirish test sinovlari 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda bir smenada o‘tkaziladi. Test soat 08:00 boshlanadi.
Sinovlarni o‘tkazish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.