“Bolonya” hujumchisi Marko Arnautovich “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin.
“Bolonya” mankunianliklarning Marko borasidagi 9 millionlik taklifini rad etdi. Endi “qizil iblislar” hujumchi uchun yaxshiroq narx taklif qilmoqchi.
Manchester klubi 33 yoshli Arnautovichni xarid qilishiga ishonchi komil, deya xabar qilmoqda Sky Sports.
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hagning shaxsan o‘zi Markoni jamoada ko‘rmoqchi. Ular 2006-yildan 2009-yilga qadar “Tvente”da birga ishlagan.
Avvalroq Eldor Shomurodovning “Bolonya”ga o‘tishi ehtimoli katta ekani xabar qilingandi. O‘zbekistonlik futbolchi bolonyaliklar safiga o‘tsa, Marko Arnautovichga to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchiga aylanadi.
Avstriyalik futbolchi ortda qolgan mavsum A Seriyada 33 o‘yinda 14 ta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)