Sobiq sovet respublikasi Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (SSSR KGB)ning so‘nggi raisi Vadim Bakatin 85 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Vadim Bakatin vafot etdi”, — deya ma’lum qilgan nashr manbasi, ammo tafsilotlarni keltirmagan. U 84 yoshda edi.
Vadim Bakatin 1937-yil 6-noyabrda Novosibirsk viloyati Kiselevsk shahrida tug‘ilgan. U Novosibirsk muhandislik-qurilish institutini tamomlagan va 1973-yilda partiya ishiga o‘tgunga qadar qurilish sohasida ishlagan. U Kirov, so‘ngra Kommunistik partiyaning Kemerovo viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi, partiya Markaziy qo‘mitasining a’zosi, 1988-yilda esa ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 1991-yilda u Rossiya Sovet federativ sotsialistik respublikasi (RSFSR) prezidentligiga nomzod bo‘lgan va olti nafar nomzod orasida oxirgi o‘rinni egallagan.
1991-yil avgustdagi davlat to‘ntarishidan keyin u SSSR KGBni boshqargan. Uning qo‘l ostida qo‘mita qayta tashkil etildi, boshqarma tashqi razvedka va davlat xavfsizligi negizida tuzilgan bir qator mustaqil tuzilmalarga bo‘lindi.
Izoh (0)